Daniya Mudofaa vazirligi agar biror kuch Grenlandiyani zo‘rlik bilan egallashga urinsa, Daniya harbiylari buyruqsiz unga qarata o‘t ochishini ogohlantirdi.
Daniyaning Berlingske gazetasi chorshanba kuni Mudofaa vazirligi askarlarga Daniyaga tahdid soladigan har qanday xorijiy kuch bilan “darhol jangga kirishish”ni talab qiluvchi Sovuq urush davridan qolgan tamoyilga amal qilish buyurilganini tasdiqlaganini xabar qildi.
Daniya Mudofaa vazirligi Berlingske nashriga 1952-yilda tahdid yuzaga kelgan taqdirda, hatto rahbarlari rasman urush e’lon qilmasa ham, daniyalik askarlar qo‘mondonlaridan buyruq kutmasdan jangga kirishishi mumkinligi to‘g‘risida tamoyil belgilanganini aytdi.
Vazirlikning aytishicha, xorijiy kuch hududimizni egallashga urinsa, harbiy buyruqlarni kutmasdan unga qarshi kurashishimiz kerakligi haqidagi ayni tamoyil hanuz amal qiladi.
Ta’kidlash joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaning suveren hududi bo‘lgan Grenlandiyani qo‘lga kiritish haqida bir necha bor gapirgan. Oq uy ham Daniyaga qarshi harbiy harakat ehtimoli istisno etilmasligini aytgan.