#Education_of_Spirit #Quran #English #ahlesunnatwaljamat #لا_اله_الا_الله_محمد_رسول_الله MUQADDAS QUR’ONNI TARJIMASI BILAN ONLAYN O‘QING. Bismillahir Rohmanir Rohiym

105. Ey iymon keltirganlar! O‘zlaringizni ehtiyot qiling. To‘g‘ri yo‘lda bo‘lganingizdan keyin adashgan kishi sizlarga zarar yetkaza olmaydi. Barchangiz Allohga qaytasiz, so‘ng U sizlarga qilgan ishlaringizni bildiradi.

106. Ey iymon keltirganlar! Sizlardan birortangizga vasiyat qilayotgan paytida o‘lim yaqinlashsa, orangizdan bo‘lgan ikki adolatli kishi yoki safarda bo‘lsangiz va o‘lim musibati yetsa, o‘zgalardan bo‘lgan ikki kishi o‘rtangizdagi guvohlik bo‘lsin. Namozdan keyin ularni to‘xtatib turing. Agar shubhalansangiz, ikkalasi Alloh nomi bilan qasam ichsin: «Qasamimiz evaziga mol-dunyo olmaymiz, hatto yaqin qarindoshimiz bo‘lsa ham. Alloh uchun guvohlikni yashirmaymiz, aks holda, albatta, gunohkorlardan bo‘lamiz».

107. Agar ularning gunohga qo‘l urgani ma’lum bo‘lsa, ularning o‘rniga marhumga yaqinroq bo‘lgan va bu yolg‘on guvohlik tufayli haqqi poymol etilgan kishilardan boshqa ikki kishi tursin. Ular Alloh nomi bilan qasam ichib: «Bizning guvohligimiz u ikkisining guvohligidan to‘g‘riroqdir va biz haddan oshmadik, aks holda, albatta, zolimlardan bo‘lamiz», desinlar.

108. Bu ularning guvohlikni lozim bo‘lganidek berishlariga yoki qasamlaridan keyin boshqa qasamlar rad etilishidan qo‘rqishlariga yaqinroqdir. Allohdan qo‘rqing va Uning amrlariga quloq soling. Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmaydi.

109. Alloh payg‘ambarlarni jamlaydigan kunda: «Sizlarga qanday javob berildi?» deb so‘raydi. Ular: «Bizda ilm yo‘q. Albatta, g‘aybni biluvchi faqat O‘zingsan», deydilar.