Birja operatori institutsional kriptoinvestorlar talabiga javob berish maqsadida o‘tgan yil sentabr oyida rejalarini e’lon qilgan edi

Nasdaq (NDAQ) kriptoaktivlarni saqlash xizmatlarini ikkinchi chorak oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Birja operatorining katta vitse-prezidenti va raqamli aktivlar bo‘limi rahbari Ira Auerbax kompaniya zarur infratuzilmani yaratish va tartibga soluvchi organlardan ruxsat olish ustida ishlayotganini aytdi. Nasdaq o‘zining saqlash xizmatini nazorat qiladigan, faoliyati cheklangan trast kompaniyasi ustavini olish uchun Nyu-York moliyaviy xizmatlar departamentiga (NYDFS) murojaat qildi.

Nasdaq sentabr oyida institutsional kriptoinvestorlar talabiga javob berish maqsadida o‘z rejalari haqida e’lon qildi.

Nasdaq kabi an’anaviy moliya kompaniyalari so‘nggi oylarda faoliyatini to‘xtatgan kriptoga ko‘proq yo‘naltirilgan firmalar qoldirgan bo‘shliqni to‘ldirishga intilmoqda. Ular orasida FTX birjasi hamda Silvergate va Signature banklari eng ko‘zga ko‘ringanlari.

Agar Nasdaq kabi kompaniyalarda kriptoga bo‘lgan qiziqish kuchli bo‘lib qolsa, bu kriptovalyutalarning keng ommalashuvi uchun ijobiy signal bo‘lishi mumkin.