Dunyoda bozorni oddiy odamlardan butunlay boshqacha ko‘z bilan ko‘rgan noyob treyder va investorlar bo‘lgan. Ko‘pchilik qo‘rquv, ochko‘zlik yoki mish-mishlarga asoslanib qaror qabul qilgan bir paytda, ular katta qarorlarni ma’lumotlar, iqtisodiy sharoitlar, sabr va to‘g‘ri vaqtni hisobga olgan holda qabul qilishgan. Bu qarorlarda, albatta, xavf (Risk) bor edi, ammo bu xavf puxta o‘ylangan edi.
1. Jorj Soros – Britaniya funtiga qarshi tarixiy savdo (1992)
Jorj Soros 1992-yilda Britaniya iqtisodiyoti va uning valyuta tizimi funtni qo‘llab-quvvatlashga qodir emas, degan xulosaga keldi. U Britaniya hukumatining da’volariga ishonish o‘rniga iqtisodiy haqiqatlarga qaradi.
Natijada u funtga qarshi juda katta savdo pozitsiyasini ochdi va funt qadrsizlangach, bir kun ichida bir milliard dollar ishlab oldi. Bu voqea moliya olamida hanuz “Qora chorshanba” deb ataladi.
Sabоq: faqat hukumat yoki OAV gaplariga ishonmang, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tushuning.
---
2. Maykl Berri – uy-joy pufagini bashorat qilish (2007)
Maykl Berri AQShdagi uy-joy kreditlarini (Subprime Mortgages) chuqur tahlil qildi. U odamlar qaytara olmaydigan kreditlarni olayotganini payqadi.
Butun dunyo ko‘chmas mulkni xavfsiz sarmoya deb bilgan paytda, Berri unga qarshi savdo pozitsiyasini ochdi.
Natijada uning investorlari 750 million dollar ishlab topdi, Breri esa 100 million dollar foyda ko‘rdi.
Sabоq: olomonga qarshi borish qiyin, ammo haq bo‘lsangiz, bu juda katta foyda keltiradi.
---
3. Pol Tudor Jons – 1987-yilgi fond bozori qulashi
Pol Jons tarix, grafiklar va bozor kayfiyatini o‘rganib, bozor haddan tashqari ko‘tarilib ketganini anglab yetdi.
U bozor qulashidan oldin aksiyalarini sotdi, bozor qulaganida esa uning sarmoyasi bir oy ichida uch baravar oshdi.
Sabоq: bozor kayfiyatini (Market Psychology) tushunish juda muhim.
---
4. Uorren Baffet – qo‘rquv paytida sarmoya kiritish (2008)
2008-yilgi moliyaviy inqiroz paytida hamma banklardan qo‘rqayotganida, Uorren Baffet yirik Amerika banklaridan biriga 5 milliard dollar sarmoya kiritdi.
U qo‘rquv vaqtinchalik ekanini, ammo mustahkam kompaniyalar yana oyoqqa turishini bilardi. Bir necha yil ichida bu sarmoya bir necha baravar oshdi.
Sabоq: “Hamma qo‘rqayotganida sotib oling, hamma ochko‘z bo‘lganida esa soting.”
---
5. Bill Akman – koronavirus inqirozi davridagi savdo
Koronavirus pandemiyasi boshlanganda, Bill Akman jahon iqtisodiyoti to‘xtab qolishini oldindan bildi.
U bor-yo‘g‘i 27 million dollar tikib, bozorning qulashiga pul tikdi va bir oy ichida 2,6 milliard dollar foyda ko‘rdi.
Sabоq: katta foyda olish uchun pul miqdori emas, ayni vaqtda to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim.
---
6. Jessi Livermor – 1929-yilgi Buyuk depressiya
Livermor 1929-yilda bozor haddan tashqari ko‘tarilganini payqadi va qulashdan oldin aksiyalarini sotdi.
O‘sha davr qiymatida u 100 million dollar ishlab topdi, bu bugungi kunda milliardlab dollarga teng.
Sabоq: o‘rganishga tayyor bo‘lsak, tarix takrorlanadi.
---
7. Jon Polson – uy-joy bozorining qulashi
Jon Polson ham Maykl Berri kabi uy-joy bozori qulashiga katta pul tikdi.
U atigi bitta savdodan 4 milliard dollar ishlab topdi.
Sabоq: diqqatni jamlab, bitta to‘g‘ri g‘oyaga amal qilish ham hayotni o‘zgartirishi mumkin.
---
8. Endi Xoll – neft narxlari bo‘yicha mahorat
Endi Xoll jahon siyosati, talab va taklif hamda energetika bozorini tushunib, neft narxlari ko‘tarilishiga pul tikdi.
U bir necha yil davomida har yili 100 million dollardan ko‘proq daromad topdi.
Sabоq: bir sohada chuqur bilimga ega bo‘lish juda katta kuch beradi.
---
9. Stenli Drakenmiller – Sorosning shogirdi
Stenli Drakenmiller Soros bilan birga funtga qarshi savdo qildi. Keyinchalik u o‘z fondini tuzib, muntazam ravishda ajoyib natijalarga erishdi.
Sabоq: o‘rganish, yaxshi insonlar bilan ishlash, so‘ng o‘z yo‘lingizdan borish.
---
10. Devid Tepper – inqiroz paytida arzon aksiyalar
2009-yilda bank sektori og‘ir ahvolda bo‘lganida, Devid Tepper arzon bank aksiyalarini sotib oldi.
Atigi bir yil ichida u 6 milliard dollar foyda ko‘rdi.
Sabоq: inqiroz ichida imkoniyatlar yashiringan bo‘ladi.
---
Umumiy saboq
Bu misollarning barchasidan quyidagilarni o‘rganishimiz mumkin:
Bozorda bilim, sabr va intizom eng muhim omillardir
Katta foyda olish mumkin, ammo u bilan birga tavakkal ham muqarrar
Bu yo‘l hamma uchun ham oson emas, ammo o‘rganib va tushunib, olg‘a borish mumkin