CryptoPunks to‘plamidagi 77 Ether qiymatidagi almashtirib bo‘lmaydigan token (NFT) butunlay yo‘q qilinishi uchun kuydirish manziliga yuborildi. Biroq kollektor undan boshqa NFT sotib olish uchun qarz olishni mo‘ljallagan edi.

NFT kolleksioneri Brandon Riley uzoq muddat saqlab qolish umidida 13-mart kuni 77 ETH to‘lab, CryptoPunk #685’ni kolleksiyasiga qo‘shdi.

Tajribali investor sifatida Riley kripto bozorlari yangi buqa bozoriga kirishidan oldin yangi NFT’larni xarid qilib olish muhimligini bilardi. Shu sababli u “o‘rash” (wrapping) deb nomlanuvchi ommabop usuldan foydalanib, CryptoPunk #685 garoviga qarz olishga qaror qildi.

“Ko‘rsatmalarga aynan amal qilishimni aytishdi, men ham shunday qildim”, deb tushuntirdi Riley, ammo buning oqibatida u qiymati 135 372,16 dollar bo‘lgan 77 ETHni yo‘qotdi. U shunday dedi:

“Men bu pankni Blur’da sotish uchun o‘rab tokenlashtirmagan edim. U mening “umrbod pankim” bo‘lishi kerak edi. Uning raqami mening maymunim raqamining aynan teskarisi. Men uni faqat undan biroz likvidlik qarz olishim kerak bo‘lgani uchun o‘ragan edim.”

Crypto Twitter a’zolari NFT kolleksionerining “cho‘ntagi chuqur” bo‘lsa kerak, deb o‘ylashganida, Riley mish-mishlarga raddiya berib, CryptoPunk #685’ni qarzga olingan pulga sotib olganini oshkor qildi.

“Men buni o‘zim qilishga urinmasligim kerak edi, shekilli”, degan xulosaga keldi Riley. Boshqa tomondan, Crypto Twitter vakillari investorning zarar ko‘rishiga chalkash foydalanuvchi interfeyslari va murakkab ko‘rsatmalarni ham sabab qilib ko‘rsatishdi. Natijada hamjamiyat kripto ekotizimlaridagi front-end jarayonlarini yangilash zarurligiga bir ovozdan qo‘shildi.

Eski bir naqlni eslang

"IKKI MARTA O‘LCHAB, BIR MARTA KES"

#Crypto’da orqaga qaytish tugmasini bosib, qilgan ishingizni bekor qilish deyarli imkonsiz.