Mana nima sodir bo‘ldi
Keling, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapga o‘taylik. BONK — SHIB va DOGE kabi mem-koinlardan biri. BONK DAO bir necha yil oldin tashkil topgan. Boshqa DAO’lar singari, unda ham takliflar qabul qilinadi va ma’qullansa, amalga oshiriladi.

Gap shundaki, BONK DAO’dan deyarli hech kim foydalanmasdi, shu sababli uni kuzatib ham borishmasdi. Noma’lum bir kishi bundan foydalandi. Bu kim bo‘lganini hech kim bilmaydi, ammo mana nima sodir bo‘ldi.
1. Kimdir 4 million dollarlik BONK sotib oladi
2. DAOga $20 millionlik BONKni bir manzilga (albatta, o‘zining manziliga) o‘tkazish taklifini kiritadi
3. Yetti kun kutadi. Bu vaqt ichida taklifni hech kim payqamaydi
4. Kutish muddati tugagach, taklifga “HA” deb ovoz beradi. Eslab qoling, bu shaxs avvaldan qiymati $4 millionlik BONKga ega edi, shu sababli uning ovozi salmoqli bo‘lgan.
5. Taklif ma’qullandi
6. Qiymati $20 millionlik BONK o‘sha shaxsga o‘tkazildi
Shundan so‘ng jamoa uyqudan uyg‘onib, $20 millionlik BONK yo‘qolganini payqadi. Qizig‘i shundaki, tokenlar yo‘qolib bo‘lguncha bu voqealar sodir bo‘layotganini hech kim, mutlaqo hech kim sezmagan.
Uf! Biz DAO ishtirok va boshqaruv uchun deymiz. Bu holatda ikkalasi ham samara bermadi.

Tamom
Mana shunday voqea yuz berdi. Agar DAOda ishtirok etsangiz, uni kuzatib boring. 😉

Tasvir manbasi: BONK mem-koini
