Moliya vazirligi Moliyaviy siyosat departamenti direktori Ivan Chebeskovning aytishicha, Rossiya kompaniyalari xalqaro operatsiyalarda kriptovalyutalardan tobora ko‘proq foydalana boshlagan. Bu haqda «Izvestiya» xabar bermoqda.

Chebeskov ta’kidlashicha, 2023-yilda kompaniyalarning hisob-kitoblarida kriptovalyutalar va raqamli aktivlardan foydalanish to‘liq tartibga solinadi va yangi bosqichga ko‘tariladi.

Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasining sanoat, moliya va investitsiya siyosati bo‘yicha kengashi raisi Vladimir Gamzaning aytishicha, 2022-yilda kriptovalyutadagi xalqaro hisob-kitoblar sanksiyalar va yevro hamda dollardagi operatsiyalar kamayishi fonida oshgan.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar bilan raqamli valyutadagi hisob-kitoblar bir necha barobar oshdi. Finam FG tahlilchisi Leonid Delitsinning fikricha, yil davomida kriptovalyutadagi hisob-kitoblar hajmi 5–10 milliard dollarga yetishi mumkin.