Womplay qanday ishlaydi?

Womplay turli toifadagi Challenges (qiyinchiliklar)ni turli to‘lov sxemalari bilan taqdim etadi. Umuman olganda, o‘yinchilar quyidagilarga kirishlari mumkin:

Tezkor o‘yin. Brauzer o‘yinlarining tanlangan bir toifasi Womplay’da xilma-xillikni ko‘paytirish va oson daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish uchun mavjud bo‘ladi. Biroq, Tezkor o‘yin tanlovi kuniga jami faqat 300 ta Wombucks bilan mukofotlashi mumkin.

Kvestlar. Yuqori o‘ng burchakda siz uchun kunlik vazifalari bo‘lgan kvestlar yozilgan varaqni ko‘rishingiz mumkin. Evaziga siz Wombucks olasiz.

NFT Rewards. Maxsus turdagi kvestlarni bajarib, beshta xil noyoblik darajasidagi o‘yin mavzusidagi NFT’larni olishingiz mumkin!

Topshiriqlar. NFTlaringizni hikoyaga asoslangan sarguzashtda ishlating va ham kripto, ham Wombucksni qo‘lga kiriting!

Slot mashinasi. NFTlaringizda “shira” yetmaydigandek tuyulyaptimi? Ularning atributlarini o‘zgartirish uchun Slot mashinasini ishga tushiring!

Yutuq qutilari. Premium yutuq qutilari sizga har kuni Wombucks, NFT yoki kripto beradi. Ularni ochish uchun 50000 Wombucks ketadi. Oddiy yutuq qutilari Wombucks mukofotlarini o‘z ichiga oladi va butunlay bepul. Sizga hech narsa qilish shart emas — faqat o‘sha sandiqni oching!

Samaradorlikka asoslangan sinovlar. Agar siz avval Wombattle’ga qatnashgan bo‘lsangiz, bu sinovlar sizga tanish bo‘lishi mumkin: ko‘proq yutish uchun raqobatchilaringizni ortda qoldirishingiz kerak. Bu boshqalardan tezroq marraga yetish bo‘lishi mumkin yoki o‘yinni eng uzoq vaqt o‘ynash va hokazo. Bu sinovlar doimo davomiyligi va g‘oliblar soni bo‘yicha cheklangan. Bunday sinovga qo‘shilishni tanlagan barcha Womplay foydalanuvchilari yutuqlarini reyting jadvalida kuzatib borishlari mumkin. Umuman olganda, bu sinovlar bir necha kun davom etadi, to‘lovlar esa EOS’da bevosita amalga oshiriladi.

O‘yin ichidagi muntazam harakatlar. Muayyan o‘yin ichidagi harakatlarni bajarish, masalan, marralarga yetish, buyumlardan foydalanish yoki xarid qilish ham sizga ozgina Wombucks olib keladi. Bu Wombucks keyinroq juda qo‘l keladi, bu esa bizni…

Pul yechish tadbirlari. Ushbu vaqtga bog‘langan tadbirlarga qo‘shilishingiz pBTC yoki EOS’dagi belgilangan mukofot jamg‘armasidan ulush olish imkonini beradi. Bu tadbirlar bir hafta davom etadi va odatda juma kunlari yakunlanadi, soat13:00 CET.

Referal kodimizdan foydalaning: NYUZBT6

Batafsil ma’lumot va biz bilan bog‘lanish

Keyingi maqola ilovadan foydalanish haqida $wombat#WOMBAT #Looz_crypto #trending