Moliyaviy muassasalar dastlab kriptovalyutalarga shubha bilan qarashgan, ammo hozir ularning ko‘pchiligi bu sohaga sarmoya kiritgan.
Dunyo bo‘ylab minglab yetakchi banklar yanada sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun kriptovalyutalarga sarmoya kirita boshladi.
Standard Chartered Ripple blokcheyn tarmog‘iga sarmoya kiritdi va kriptovalyutalarni saqlash xizmatini yaratdi.
Wells Fargo mijozlari uchun kriptovalyuta fondlarini joriy etish va qo‘shimcha mablag‘lar uchun muntazam fond tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
JP Morgan JPM Coin va banklararo to‘lovlar tarmog‘i Link kabi raqamli blokcheyn aktivlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda.
Barclays Bitcoinning yuqori salohiyati va diversifikatsiya hamda keskin o‘zgaruvchanlikdan olinadigan foydani tan oladi.
UBS transchegaraviy operatsiyalar uchun xususiy steyblkoinlar va foydali tokenlarni ishlab chiqmoqda. Maqsad — kriptoaktivlar sinfiga sarmoya kiritishning tasdiqlangan va qonuniy usulini taqdim etish.
BNY Mellonning Fireblocks platformasi moliya institutlariga kriptovalyutalarni chiqarish, o‘tkazish va saqlash imkonini beradi.
Morgan Stanley AQShdagi birinchi bank bo‘lib, o‘zining boylikni boshqarish xizmatidan foydalanadigan mijozlariga Bitcoin aktivlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Goldman Sachs kriptovalyutalarga nisbatan pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqib, raqamli valyutalarning institutsional aktivlar sinfi sifatidagi salohiyatini o‘rganmoqda.
Citibank SETL’ga sarmoya kiritdi, uning reyestr texnologiyasi esa naqd pul va boshqa aktivlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.
BNP Paribas Curv nomli kripto startapiga egalik qiladi va raqamli aktivlar uchun saqlash xizmatlarini taqdim etishga intilar ekan, qimmatli qog‘oz tokenlarini o‘tkazish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Xo‘sh, Credit Suisse-chi? 🤷♀️ 🥴
Manba: https://www.analyticsinsight.net/10-banks-that-have-invested-in-cryptocurrencies-and-blockchain/
#CreditSuisse #Fed #BTC #KeepBuilding #KeepPosting