Sui Network katta nosozlikka duch keldi: uning mainneti 1.72 yangilanishiga kiritilgan xatolik sababli taxminan 5 soat 55 daqiqa davomida blok ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Muammo gazni hisoblash mantiqi bilan bog‘liq bo‘lib, validatorlarning konsensusga erisha olmasligiga olib keldi va DeFi amaliyotlarini ham o‘z ichiga olgan butun tarmoq faolligi vaqtincha muzlab qoldi.

Jamoa X’da tarmoqdagi uzilishni tasdiqladi va keyin tuzatish (fiks)ni joylashtirgach, operatsiyalarni qayta tikladi, biroq ayrim validatorlar hali ham pasaytirilgan ishlash sharoitida ishlamoqda. To‘liq hodisa (incidet) hisoboti tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bu alohida holat emas: Sui ilgari ham shunga o‘xshash uzilishlarni boshdan kechirgan—2026-yil yanvar oyida olti soatdan ko‘proq davom etgan va 2024-yil noyabrda esa tranzaksiyalarni rejalashtirish (scheduling) xatoligi sababli yuz bergan.

Uzlilish vaqtida SUI tokeni qisqa muddatga qariyb 0.95 dollardan 0.89 dollargacha tushib, keyin taxminan 0.925 dollargacha qaytdi va faqat qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatdi. May oyining boshida esa token staking faolligi va ekotizim (ecosystem) haqidagi ijobiy xabarlar sababli kuchli tarzda qariyb 1.40 dollargacha ko‘tarilgan, biroq umumiy kripto bozori zaifligi fonida u hozir ham umuman pastroq darajada qolmoqda.

Texnik jihatdan, nosozlik gaz to‘lovlarini (fee) hisoblash tizimi ma’lum bir chekka holatda (edge-case) buzilgani tufayli yuz berdi va validatorlar tranzaksiyalar tartibida kelisha olmagan. Bu konsensusning yakunlanishiga to‘sqinlik qilib, amalda blokcheynni to‘xtatib qo‘ydi. Tarmoqning xavfsizlik mexanizmlari fork (tarmoq bo‘linishi)ning oldini olgan bo‘lsa-da, normal ishlashga qaytish uchun tizimni qo‘lda tuzatish kerak bo‘ldi.

Ushbu hodisa Layer 1 blokcheyn yangilanishlarining murakkabligini ham, Sui kabi yuqori o‘tkazuvchanlikka (high-throughput) ega tarmoqlarda barqarorlikni ta’minlashdagi doimiy qiyinchilikni ham ko‘rsatadi—ayniqsa tarmoq kengayib, yangi funksiyalar joriy etilayotgan paytda.#sui
#SuiNetworkSixHourOutage $SUI