Bitcoin va boshqa kriptovalyutalar narxi, umuman olganda, o‘sish tendensiyasini namoyon etgan haftadan so‘ng, kriptoinvestorlar kelasi haftada kuzatish lozim bo‘lgan iqtisodiy voqealarga e’tibor qaratdi.

Ma’lumki, AQShda yuz bergan bank inqirozi fonida Bitcoin narxi bu hafta 28 000 dollardan ham oshdi.

Mana, kriptovalyuta investorlariga bu hafta diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladigan muhim iqtisodiy ma’lumotlar.

20-mart, dushanba

17:00 — Yevropa Markaziy banki prezidenti Lagard nutq so‘zlaydi

19:00 - Yevropa Markaziy banki prezidenti Lagard yana nutq so‘zlaydi

Yevropada Credit Suisse moliyaviy jihatdan o‘ta og‘ir ahvolga tushib qolganidan keyin boshlangan jarayon inqiroz boshqa Yevropa banklariga ham tarqalishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab kun tartibidagi o‘rnini saqlab qolmoqda.

Shu sababli Yevropa Markaziy banki prezidenti Lagardning nutqlari diqqat bilan kuzatib boriladi.

21-mart, seshanba

15:30 - Yevropa Markaziy banki prezidenti Lagard nutq so‘zlaydi

18:30 - Yevropa Markaziy banki Nazorat kengashi raisi Andrea Enria nutq so‘zlaydi

22-mart, chorshanba

11:45 - Yevropa Markaziy banki prezidenti Lagard nutq so‘zlaydi

21:00 – FED foiz stavkasi bo‘yicha qarori (kutilmoqda: 25 bazis punktga foiz oshirilishi)

21:30 - AQSh Federal ochiq bozor qo‘mitasi (FOMC) matbuot anjumani: Jerome Powell foiz stavkasi bo‘yicha qarordan so‘ng nutq so‘zlaydi

AQShda yozgi vaqtga o‘tilgani sababli, bu hafta FED foiz stavkasi bo‘yicha qarorini va FED raisi Jerome Powellning nutqini 22:00 va 22:30 o‘rniga 21:00 va 21:30 da e’lon qiladi. Kriptovalyuta kuzatuvchilari buni inobatga olgani ma’qul.

23-mart, payshanba

15:30 - AQShda ishsizlik nafaqasini olish uchun ilk bor ariza topshirganlar soni (kutilmoqda: 199.000, avvalgi: 192.000)

*Investitsiya tavsiyasi emas.

Manba: www.bitcoinsistemi.com