Bloomberg yozishicha, dunyo dollarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmoqda, Global Janub esa muqobil variantlarni faol izlay boshladi. Buning sabablari Vashington siyosatida: ittifoqchilar va dushmanlarga qarshi tariflar joriy etilishi, Oq uyning Federal zaxira tizimiga bosimi, davlat qarzining ortib borishi va sanksiyalar orqali valyutadan qurol sifatida foydalanish. Bularning barchasi Xitoy bilan raqobat va Yaqin Sharqdagi ittifoqlarning zaiflashuvi bilan birga dunyoning moliyaviy xaritasini o‘zgartirmoqda.
Asr boshida jahon valyuta zaxiralarining 70 foizdan ortig‘i dollarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozir bu ulush 60 foizdan pastga tushdi.
Xitoy dollar aktivlarini xarid qilishni ko‘paytirishni allaqachon to‘xtatdi va kelajakda ularni sotishni boshlashi mumkin. Fors ko‘rfazi mamlakatlari endi milliardlab mablag‘ni o‘z hududlaridagi meg loyihalarga sarflamoqda va AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarida «saqlash» o‘rniga, butun dunyo bo‘ylab yuqori xavfli aktivlarga sarmoya kiritmoqda.