AQSh Vakillar palatasi mamlakat tarixidagi eng uzoq hukumat faoliyati to‘xtab qolishiga barham beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi va uni imzolash uchun AQSh prezidenti Donald Trampga yubordi.

Bu tarixdagi 43 kunlik moliyalashtirish uzilishiga barham beradi. Shu davrda federal xodimlar bir necha marta maosh ololmadi, yo‘lovchilar aeroportlarda qolib ketdi, odamlar esa oilalariga ovqat topish uchun oziq-ovqat banklari oldida navbatga turdi.