Trampning Fed rahbari lavozimiga nomzodi kriptovalyutalarni qo‘llab-quvvatladi. Uorshning pozitsiyasi

Senatorlar oldida so‘zlagan Kevin Uorsh raqamli aktivlar Amerika moliya tizimiga allaqachon mustahkam kirib kelganini aytdi

The Block xabariga ko‘ra, Federal rezerv tizimi (Fed) rahbari lavozimiga nomzod Kevin Uorsh raqamli aktivlar Amerika moliya sanoatida allaqachon o‘z o‘rnini topganini aytdi. AQSh Senatining bank qo‘mitasida uning nomzodi bo‘yicha o‘tkazilgan tinglovda Uorsh rais bo‘lsa, Fed kriptovalyutalarga qanday munosabatda bo‘lishini tushuntirdi.

Raqamli aktivlar mamlakat moliya tizimiga integratsiya qilinishi kerak, deb hisoblaydimi, degan savolga Uorsh ular «AQSh moliyaviy xizmatlar sanoatining allaqachon ajralmas qismiga aylanganini» aytdi.

Uorsh — AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan nomzod. U avval 2006–2011-yillarda Federal rezerv tizimi boshqaruvchilar kengashi a’zosi bo‘lgan, undan oldin esa Morgan Stanley’da bankir sifatida ishlagan. Uorsh avval ham kriptovalyutalar haqida bir necha bor fikr bildirgan va bitkoinni «oltinga o‘xshash, qiymatni saqlashning barqaror vositasi» deb atagan.
$BTC $ETH #news #crypto