Hozir odamlarning katta qismi blokcheyn nima ekanini eshitgan bosqichga yetib keldik. Biroq, hamma ham #blockchain hayotiga qanday ta’sir qilishini tushunavermaydi. Bu savolga javob berish uchun avvalo blokcheyn aslida nima ekanini aniqlab olishimiz kerak.
“Blokcheyn — kompyuter tarmog‘idagi tugunlar o‘rtasida taqsimlangan va ulashilgan ma’lumotlar bazasi yoki reyestrdir” — Adam Hayes, Investopedia’da keltirilgan
Ko‘pchiligingiz bilganingizdek, hozirgi #web2 internet arxitekturasi dunyo internetidagi ma’lumotlarni saqlaydigan va to‘playdigan ko‘plab server markazlaridan iborat. Blokcheyn esa bu ma’lumotlarni bir nechta joyga “taqsimlash” uchun ishlatilishi mumkin.
Bu ma’lumot va axborotni taqsimlash natijasida bir nechta holat yuz beradi. Birinchidan, barcha ma’lumot va axborotni hech kim nazorat qilmaydi, ikkinchidan, har bir inson o‘ziga tegishli ma’lumotlar to‘plamiga egalik qiladi, ya’ni maxfiylik darajasini uning egasi belgilaydi. Blokcheynda saqlanadigan har qanday ma’lumot shifrlangan yoki anonimlashtirilgan bo‘ladi, uni qayta olish esa faqat egasigagina mumkin.
Blokcheynda saqlanadigan raqamli egizaklar
Blokcheyn nima ekanini aniqlab olganimizdan so‘ng, bu texnologiyaning qo‘llanish sohalarini belgilashni boshlashimiz mumkin. Blokcheyn texnologiyasining o‘zi yangi yoki inqilobiy emasligini hisobga olsak, blokcheyn arxitekturasi ustiga qurilgan texnologiyani «o‘yinni o‘zgartiruvchi» deb hisoblash mumkin.
Blokcheyn texnologiyasining ikkita asosiy xususiyati bor: birinchisi, blokcheynning cheksiz kengayish imkoniyatiga ega xotira salohiyati (albatta, kelajakda); ikkinchisi esa, har bir insonning blokcheynini o‘ziga moslashtirish imkoniyatidir.
Nazariy jihatdan, inson faqat o‘zi foydalana oladigan shaxsiy blokcheyn/tarmoqosti yaratishi mumkin. Shundan so‘ng, inson yaratgan har qanday ma’lumot yoki axborot avtomatik ravishda uning blokcheyniga yuboriladi va u yerda saqlanadi.
Shunda bu inson mahsulot va xizmatlar evaziga kompaniyalarga o‘z ma’lumotlarini uzatish huquqini berishi mumkin. Aytgancha, inson o‘zining raqamli nusxasini yaratadi va undan turli xil ilovalarda foydalanish mumkin. Kelajakda bu odamlar hayotining har bir jihatini o‘z xohishiga ko‘ra moslashtirishiga yordam beradi.
Bashorat qiluvchi texnologiya
Hozirgi kunda real dunyoda bir xil ikki hodisaning simulyatsiyasini ma’lumot o‘zgaruvchilari mutlaqo bir xil tartibda yuz berishining 100 foiz aniqligi bilan yaratish imkonsiz.
Masalan, bir xil haydovchi, shamol tezligi, avtomobil tezligi, avtomobil mexanikasi, haydovchining hissiy barqarorligi va hokazolarni hisobga olib, mashina to‘g‘ri yo‘lda 50 km/soat tezlikda ketayotgan vaziyat bo‘yicha «agar shunday bo‘lsa-chi» ssenariysini yaratdik, deylik. Raqamli egizak simulyatsiyasi sinovlari yordamida yangi turdagi shinaning burilishda harakatlanishi, qarshidan kelayotgan transport vositalari bor yo‘lda yangi yo‘l belgisining o‘rnatilishi yoki hatto telefondagi boshqa qo‘ng‘iroq ohangi natijaga qanday ta’sir qilishini bu shartlarda 100 foiz aniqlik bilan aniqlashimiz mumkin.
Bu ma’lumotlar qayerdan olinadi? Bu inson obuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan xizmatlardan biri bo‘lishi mumkin. Bunda u bashorat qiluvchi kompaniyalarga o‘zining kelgusi kunini simulyatsiya qilish va natijalarni boshqa foydalanuvchilarning kunlari bilan solishtirish uchun ruxsat beradi. Minglab odamlarning turli holatlaridan foydalanib murakkab simulyatsiyalar yaratishni boshlaganimizda, bu boshog‘riqqa aylanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi tufayli bu texnologiyani qo‘llash mumkin.
Blokcheyn texnologiyasining asosiy xususiyatlaridan biri — o‘zgarmaslik. Bu blokcheynga kiritilgan ma’lumotni keyinchalik o‘zgartirib bo‘lmaydi degani. Bu moliya sohasida juda qo‘l keladi.
Metakoinot
Xo‘p, bunga muqarrar ravishda rozi bo‘lmaydiganlar ko‘p bo‘ladi, shunday bo‘lsa-da, metakoinot odamlar tasavvur qilganidek oddiy emas. Masalan, Zuckerburgning #Meta kompaniyasi kabi markazlashgan metakoinotlar bor, markazlashmagan metakoinotlar ham mavjud. Bunga eng yaqin misol, ehtimol, #Decentraland. bo‘lar.
Bu misolda biz markazlashmagan metakoinot olamlariga e’tibor qaratamiz, chunki Web 3.0 muhitining asosiy g‘oyasi vositachilarga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotishdan iborat.
Kelajakda dunyo metakoinot muhitida ishlash, o‘ynash va muloqot qilishga o‘ta boshlashi mumkin. Markazlashmagan metakoinot ilovalar va ma’lumotlarni joylashtirish hamda saqlash uchun muqarrar ravishda blokcheyndan foydalanadi. Biroq metakoinot olamining markazlashmagan/tarqatilgan jihatida ham blokcheyn texnologiyasi qo‘llanadi.
Markazlashmagan metakoinot uchun blokcheynning vazifasi — ma’lumotlarni tarqatilgan holda saqlash va har bir foydalanuvchining metakoinotdagi faoliyati haqiqiyligini ta’minlashdir.
Moliya
Ehtimol, bu kelajakda blokcheyn har bir insonning hayotiga qanday ta’sir qilishi haqida aytilishi kerak bo‘lgan birinchi muhim jihatdir. Ammo moliya sohasidagi blokcheyn biroz eskirayotgan xususiyatga aylandi, endi u avvalgidek hayajonli emas. #cryptocurrencies mavjudligi haqidagi g‘oya allaqachon isbotlangan, shu darajadaki, odamlar uni harakatga keltiradigan asosiy tushunchalarni endi muhokama qilmay qo‘yishdi.
Albatta, odamlar hanuz kripto bozorlaridagi o‘zgarishlardan hayajonga tushib, shikoyat qilishmoqda, ammo bular ko‘pincha blokcheyn texnologiyasi aslida nimalar taklif qilishini tushunmay qolgan odamlardir.
Shunga qaramay, kelajakda moliya onlayn hayotimizni belgilovchi muhim jihat bo‘lib qoladi. Faqat farqi shundaki, ishlatiladigan valyuta kriptotanga/token/aktiv shaklida bo‘ladi va bu, ehtimol, kelajakda qog‘oz pullarni keraksiz qilib qo‘yadi.
Xulosa
Blokcheyn texnologiyasi — uzoq vaqtdan beri yaratilishi hamda biz bugun foydalanayotgan tizimlarga integratsiya qilinishi kerak bo‘lgan poydevor, xolos. Kelajagimizning muhim qismida blokcheyn texnologiyasining muayyan jihatlaridan foydalaniladi.