TradingView ma’lumotlariga ko‘ra, bitcoinning umumiy kripto bozoridagi ulushini o‘lchaydigan bitcoin ustunlik darajasi to‘qqiz oylik eng yuqori ko‘rsatkich — 45,5 foizga yetdi.
Tarixan, kuchli beqarorlik davrlarida BTC ustunligi oshgan, chunki u boshqa kriptovalyutalarning aksariyatiga qaraganda kamroq o‘zgaruvchan aktiv hisoblanadi.
BTCning ustunlik darajasi yaqinda keskin oshdi. Bu bitcoin narxining qariyb uch kun davomida ko‘tarilib, fevral oyidagi iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha ijobiy ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng 26 000 dollardan oshib ketgan davrga to‘g‘ri keldi.
Bitcoin ustunligining oshishi kripto bozori uchun ijobiy holat sifatida ko‘riladi, chunki bu treyderlar ko‘proq spekulyativ altkoinlardan ko‘ra bitkoin sotib olishni tanlayotganini bildiradi.
Stablekoinlar bozorida beqarorlik yuzaga kelgan bir paytda BTC ustunligi ham oshdi: Silicon Valley Bank qulaganidan keyin dunyodagi ikkinchi yirik stablekoin USDC dollarga nisbatan o‘z kursini yo‘qotdi.
Manba: https://finance.yahoo.com/news/bitcoin-dominance-reaches-9-month-163953991.html