Ikki variant bor: Limit Buy yoki xarid qilishdan oldin LTF’da tasdiqni kutish (konservativroq yondashuv). Bu variantlardan biri yaxshiroq R:R berishi mumkin, ammo hammasi jadvalingizga bog‘liq.
Agar narx bu xarid darajasidan keskin pastga tushib ketsa, ehtimol narx sotuvga yuz tutmoqchi. Narx BSL atrofida savdo qilayotgan ekan, short pozitsiya izlash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, shundaymi??? Lekin hozir ko‘rayotganimizdek, to‘planish (diapazon) o‘rniga BSL’da kuchli rad etilishni ko‘rishni afzal bilardim.