2025-yil o‘rtasi holatiga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik 10 ta banki mamlakat bank aktivlarining jami 80,9 foiziga egalik qilmoqda. Bu ularning ulushi ilk bor 80 foizdan oshganini anglatadi. Bunday sezilarli konsolidatsiyaga eng yirik 10 talikka kirmaydigan banklar ishtirokidagi ko‘plab qo‘shilish va sotib olishlar sabab bo‘lmoqda. Batafsil ma’lumotlar «Expert RA» tadqiqotida keltirilgan.