$CHZ
Binance asoschisi Changpeng Zhao’ga tegishli Trust Wallet kripto savdolarini amalga oshira oladigan AI-agentlarni ishga tushirdi
220 milliondan ortiq mijozga ega Binance asoschisi Changpeng Zhao’ga tegishli raqamli hamyon payshanba kuni foydalanuvchilar endi sun’iy intellekt asosidagi agentlardan turli kripto operatsiyalarini bajarishda foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi.
«Bugun Trust Wallet Trust Wallet Agent Kit (TWAK) — foydalanuvchilar belgilaydigan va nazorat qiladigan qoidalar doirasida AI-agentlarga 25 dan ortiq blokcheynda haqiqiy kripto operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi infratuzilmani ishga tushirmoqda», deyiladi kompaniya blogidagi postda. Agentlar bir nechta tarmoq, jumladan Solana va Bitcoin o‘rtasida tarmoqlararo ayirboshlashni amalga oshirishi, shuningdek, takroriy xaridlarni boshqarishi mumkin.
Kripto kompaniyalari foydalanuvchilarga portfellarni faol boshqarib, savdolarni amalga oshira oladigan agentlardan foydalanish imkonini berish maqsadida AI asosidagi avtomatlashtirishni tobora ko‘proq sinab ko‘rmoqda.
Yangi vositalar to‘plami ishlashning ikki usulini taklif qiladi: birinchi usulda AI-agentning o‘z hamyoni bo‘ladi va u belgilangan qoidalar asosida savdolarni avtomatik amalga oshiradi; ikkinchisida esa u foydalanuvchilarga ma’qullash uchun tranzaksiyalarni taklif qiladi.
«Trust Wallet doimo bitta tamoyil asosida ishlab kelgan: kalitlar sizniki, kriptoaktivlar sizniki. TWAK bu tamoyilni AI-agentlar davriga olib kiradi», deyiladi blog postida. «WalletConnect rejimida AI sizga portfelingiz bo‘yicha izlanish olib borish, takliflar berish va amallarni bajarishda yordam beradi — kalitlaringizni hech qachon o‘zida saqlamasdan. Nazorat o‘z qo‘lingizda qoladi».
Kriptovalyuta birjasi Trust Wallet’ni dastlab 2018-yilda sotib olgan bo‘lsa-da, hozirda u mustaqil kompaniya sifatida faoliyat yuritadi.
#CZ | #AI
#CZ l