Kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan “PeckShield” kompaniyasi bergan xavfsizlik ogohlantirishiga ko‘ra, “Griffin AI” kompaniyasiga tegishli GAIN kriptovalyutasi noodatiy token chiqarish va sotish operatsiyalaridan so‘ng keskin, 80% ga pasaydi.

Yaqinda HTX, KuCoin va Gate.io kabi yirik savdo platformalarida ro‘yxatga olingan, shuningdek, Binance platformasida ham ilk bor paydo bo‘lgan kriptovalyutaga qilingan hujum natijasida 5 million GAIN noqonuniy chiqarildi. Bunga aqlli shartnomadagi taklifning belgilangan maksimal miqdoridan oshib ketish imkonini bergan zaiflik sabab bo‘ldi.

Hujumchi zarb qilingan tokenlarni darhol BNB’ga almashtirib, taxminan 3 million dollar foyda ko‘rdi. Bu GAIN kriptovalyutasi narxining keskin qulashiga sabab bo‘ldi.

Keyinroq hujumchi mablag‘larni 720 ETH’ga teng miqdorga almashtirdi va ularni “Tornado Cash” platformasiga o‘tkazdi. Bu o‘g‘irlangan kriptovalyutalarning moliyaviy izini kuzatishni qiyinlashtirdi.

Hujumdan so‘ng, “Griffin AI” kompaniyasi barcha platformalardan GAIN kriptovalyutasi savdosini vaqtincha to‘xtatishni so‘radi va vaziyatni nazoratga olish uchun xavfsizlik bo‘yicha hamkorlar bilan muvofiqlashgan holda ish olib borayotganini tasdiqladi.