Men yaqinda Binance’da savdo qilishni sinab ko‘ryapman va shuni tushundimki, foyda ketidan ochko‘z bo‘lish mumkin emas. Chunki qaysidir tanga yaxshi daromad keltirayotganini ko‘rsang, «yanada o‘sib ketadi-ku» deb ochko‘zlik qilmaslik kerak. Savdoga sovuqqonlik bilan yondashish lozim. Mening misolimda men #NOT tangasini sotib olib, yaxshi foyda oldim. Lekin yanada o‘sadi deb ochko‘zlik qilganim uchun sotmadim va atigi 700$ minus bilan qoldim.