#CoinCodex ETHning qisqa muddatli umumiy tendensiyasi o‘sish tomonida bo‘lishini, yaqin 5 kun ichida taxminan 5% ga ko‘tarilib, $1,746 atrofida bo‘lishini bashorat qilmoqda.
Biroq, Ethereum steykingidan mablag‘larni yechib olish (aprelda kutilmoqda) katta bosim ostida amalga oshirilishi sababli, ETH keyingi 3 oy ichida $770 gacha tushishi mumkin. 2024-yilga kelib esa tiklanib, yana ko‘tarila boshlaydi.
Kunlik grafikda Ethereum pasayish tendensiyasidan chiqib, Lead 2 chizig‘iga qaytdi. Biroq, RSI ikki cho‘qqili tendensiya o‘zgarishi signalini ko‘rsatdi. ETH yana pasayishidan oldin biroz yuqoriga qarab yonlama harakatni davom ettirish ehtimoli yuqori.
