AQShning yetakchi investitsiya kompaniyasi Fidelity faqat raqamli valyutalarga bag‘ishlangan investitsiya bo‘linmasi — Fidelity Crypto’ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Fidelity Crypto mamlakatning 36 ta shtatida xizmat ko‘rsatadi va undan faqat AQSh fuqarolari foydalanishi mumkin.
AQShdagi kriptovalyutalarni tartibga solish siyosatidan xavotir bildirayotgan soha yetakchilariga qaramay, ayrim yetakchi kompaniyalar kriptovalyutaga oid loyihalarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rib, bozorga ishonch bildirmoqda.
Yaqinda AQShning yetakchi investitsiya kompaniyasi Fidelity Investments raqamli valyutalarga bag‘ishlangan investitsiya bo‘linmasini ishga tushirishini ma’lum qildi. “Fidelity Crypto” deb nomlangan platforma kriptovalyuta investitsiyalariga e’tibor qaratish uchun mo‘ljallangan.
Taniqli kriptovalyuta tahlilchisi Peter Brandt Fidelity’ning bu qadami haqida kripto-Twitter hamjamiyatiga xabar berish uchun Twitter’da post qoldirdi. Tahlilchi kompaniyaning rasmiy veb-saytidagi “Fidelity Crypto tez orada ishga tushadi” degan yozuv bor bo‘limni ajratib ko‘rsatuvchi skrinshot bilan bo‘lishdi.
Bosh sahifada “Kripto olamiga oydinlik kiritamiz” degan bo‘lim bor. Bu tashabbus xizmatlarga qiziqqan yangi foydalanuvchilarga raqamli valyutalar mohiyatini tushunishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Mijozlardan komissiya olinmaydi
Fidelity erta ro‘yxatdan o‘tib, raqamli valyutalar bilan savdo qilish uchun platformaga oldindan kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga chaqirayotganga o‘xshaydi. Savdo qilinadigan boshqa raqamli aktivlar haqida hech narsa deyilmagan; faqat yetakchi kriptovalyuta Bitcoin va ikkinchi yirik kriptovalyuta Ethereum tilga olingan. Platforma ishga tushirilgach, Fidelity mobil ilovasiga ham qo‘shiladi. Veb-saytda shunday yozilgan:
Bitcoin va Ethereum bilan savdo qilish uchun oldindan kirish ro‘yxatiga qo‘shiling. O‘zingiz bilgan nomlardan boshlang, ishonchli nomga sarmoya kiriting. Bundan tashqari, kripto olamidagi murakkab iboralarni sodda tushuntiradigan ta’lim materiallaridan foydalaning.
Shuningdek, Fidelity Crypto ortida Fidelity Digital Assets turgani va platformaga xizmat ko‘rsatishi qayd etildi. Fidelity Crypto AQShning ayrim shtatlaridagina mavjudligini ham ta’kidlash joiz.
Xizmatlar mamlakatdagi yana 33 ta shtat bilan bir qatorda Alabama, Nyu-York va Vashingtonda ham taqdim etiladi. Hozircha platformada faqat AQSh fuqarolari qatnasha oladi.
Fidelity Crypto bo‘lajak mijozlarga jozibador taklif ham taqdim etmoqda: Bitcoin va Ethereum bilan savdo qilganlik uchun komissiya olinmaydi.
Fidelity Crypto orqali amalga oshirilgan bitcoin yoki ether (“kripto”) savdolari uchun sizdan komissiya olinmaydi. Fidelity Digital Assets spred undiradi (u 1% dan oshmaydi). Spred Fidelity Crypto hisobingizda kriptoni sotib olgan yoki sotgan narxingiz bilan Fidelity Digital Assets buyurtmangizni bajargan narx o‘rtasidagi farq asosida hisoblanadi.
Fidelity qo‘shimcha qilishicha, spred mijoz uchun ijro narxida aks etadi. To‘lovlar o‘zgarishi mumkin bo‘lsa-da, Fidelity Digital Assets spred undirmasligi ham mumkinligini bildirdi.