🟢 Strategy 23–29-iyun kunlari yana 4980 ta #Bitcoin sotib olganini ma’lum qildi.

Keling, @saylor rahbarligidagi @MicroStrategy shu kungacha nimalar qilganini ko‘rib chiqamiz 🧵👇

🔘 Bugun sotib olgan Bitcoinlari bilan jami 597.325 ta $BTC ga ega bo‘ldi‼️

🔘 #BTC ning o‘rtacha xarid narxi $71.003 bo‘lib, kompaniya portfelidagi jami BTC qiymati 42,5 MILLIARD DOLLAR‼️

🔘 Ayni paytda kompaniyaning #BTC portfeli qiymati 64,35 MILLIARD DOLLAR, ya’ni kompaniya faqat BTC investitsiyasidan taxminan 21,8 MILLIARD DOLLAR foyda ko‘rmoqda‼️

Buni grafiklar orqali ham ko‘rib chiqamiz:

💠 Quyidagi grafikda kompaniyaning 2020-yildan buyon qilgan xaridlari tafsilotlari ko‘rsatilgan.
To‘q sariq nuqtalar: xarid qilingan sana va narx
Ko‘k chiziq: Bitcoinning bozor narxi
Yashil uzuk chiziq: jami dollar xarajatlarining o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi

💠 Quyidagi rasmda kompaniyaning 2020-yildan bugungi kungacha bo‘lgan FOYDA/ZARAR grafigi ko‘rsatilgan👇
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, kompaniya 2022-yil mayidan 2023-yil sentabrigacha ancha uzoq vaqt zarar bilan ishlagan...

💠 Quyidagi so‘nggi grafikda esa kompaniyaning 2020-yildan bugungi kungacha jami qancha BTCga egaligi ko‘rsatilgan.
Ishonch bilan cho‘qqiga chiqishmoqda...

Michael Saylor rahbarligidagi Strategy bozorni egallashga yetadigan miqdorda BTCga ega bo‘lishda davom etmoqda.
Kelgusida bu bozorga zarar yetkazadimi yoki bozorni mustahkam tutib turadigan tuzilmaga aylanadimi — buni birgalikda kuzatib, bilib olamiz...