Dookey Dash’ning mahoratga asoslangan mint jarayonida g‘olib bo‘lgan va Fortnite kibersport o‘yinchisi Mongraal o‘zining yutuqli Dookey Dash kalitini milliarder tadbirkor Adam Weitsman’ga 1 000 ETH (1,63 million dollar)ga sotdi.

18 yoshli yigit Twitter’da sotuv haqida e’lon qilib, sotish sabablarini bayon qildi va tanlovni tashkil qilgani uchun Yuga Labs’ga minnatdorchilik bildirdi. Bu sotuvdan oldin kalit uchun ko‘plab takliflar kelib tushgan, jumladan UpDAO’dan 690 WETH (1,1 million dollar) — Wrapped Ethereum — miqdoridagi taklif ham bo‘lgan.

UpDAO — Pixel Vault tomonidan ishlab chiqilayotgan NFT o‘yini Inhabitants Universe’ni boshqaradigan markazlashmagan hamjamiyat. Jozibali taklifga qaramay, Mongraal kalitni metallolom biznesi bilan tanilgan milliarder Weitsman’ga sotdi. Ayni paytda Weitsman qo‘lidagi yutuqli kalit uchun mashhur mem sayti 9GAG 999 ETH taklif qildi. Vaqt o‘tishi bilan yutuqli kalit uchun yana bir qancha takliflar tushishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Dookey Dash minti

Yuga Labs — Bored Ape Yacht Club va CryptoPunks kabi NFT to‘plamlari ortida turgan kompaniya. Bir oy oldin ular Dookey Dash o‘yinini mahoratga asoslangan mint bilan birga chiqardi. Unda eng yuqori natijani qayd etgan o‘yinchiga maxsus Sewer Pass topshirildi.

Sewer Pass mukofotlari egalarga nimalarni taqdim etishi hozircha oshkor qilinmagan. Biroq ular katta qiymatga ega o‘yin ichidagi aktivlarni ochib berishi ehtimoldan xoli emas. BAYC’ning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olsak, ular boshqa a’zolar foydalana olmaydigan eksklyuziv aktivlarni taqdim etishi mumkin.

Dookey Dash atrofida ham bir qancha bahs-munozaralar bo‘ldi. O‘ynash mumkin bo‘lgan davrida o‘yinda firibgarlik avj oldi va mahoratga asoslangan mintdan foyda ko‘rishga intilgan pulli yordamchilar ko‘payib ketdi. Mongraalning o‘zi ham munosib haq evaziga (taxminan 2.6 ETH) o‘yinchilarga natijalarini yaxshilashda yordam berishga tayyorligini e’lon qildi.

Bundan tashqari, Decrypt ma’lumotiga ko‘ra, yordamchilar odatda bir martalik xizmat uchun taxminan 800–3,200 dollar haq olishadi. Ko‘rinishidan, ayrim web3 o‘yinchilari peshqadamlar jadvalining eng yuqori pog‘onasiga chiqishning oson yo‘lini izlamoqda.

Yakuniy fikrlar

Dookey Dash minti o‘yinchilarga mukofotlarni qo‘lga kiritishning qiziqarli, ammo murakkab usulini taklif qildi. Bahs-munozaralarga qaramay, tadbir NFT o‘yinlari hamjamiyati tomonidan umuman olganda iliq kutib olindi.

Mongraalning g‘olib NFT’ni Adam Weitsmanga sotib, yaqinda foyda ko‘rgani boshqa kibersport o‘yinchilariga ham o‘yindagi mahorati va raqobatbardosh salohiyatidan daromad olish imkoniyatiga umid berdi. Hozircha bundan ortiq xulosaga kelishga erta, ammo kelajak nimalar olib kelishini ko‘rish hayajonli.

Manba: https://chainplay.gg/blog/winning-dookey-dash-key-sold-for-1-million-to-billionaire/