O‘tgan hafta kriptovalyutaga asoslangan investitsiya fondlaridan mablag‘lar chiqib ketdi, AQShda foiz stavkalari ehtimoliy oshishi haqidagi xavotirlar tarqalgani sari pasayish kayfiyati chayqovchilarni bitkoin (BTC) narxi tushishiga tikiluvchi fondlarga ham yo‘naltirdi.
O‘tgan hafta kripto investitsiya fondlaridan mablag‘larning chiqib ketishi ushbu sektorda ketma-ket uchinchi haftalik chiqim bo‘ldi. Bu sektor an’anaviy investorlarning raqamli aktivlarga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatuvchi mezon vazifasini bajaradi. Ularning ko‘pchiligi kriptovalyutani bevosita saqlay olmaydi yoki saqlashni istamaydi, shu sababli raqamli aktivlar bilan ta’minlangan birjada ro‘yxatga olingan fondlar orqali savdo qilishni afzal ko‘radi.
Kriptovalyutalar bo‘yicha tadqiqot va investitsiya firmasi CoinShares kriptofondlar oqimi haqidagi so‘nggi hisobotida hafta davomida jami 1,9 mln dollar mablag‘ chiqib ketganini yozdi.
So‘nggi ko‘rsatkich undan oldingi haftadagi 32 mln dollarlik chiqim bilan taqqoslandi. Bu 2023-yildagi hozirgacha qayd etilgan eng yirik haftalik chiqim bo‘lgandi. O‘sha haftadagi katta chiqimlar qisman AQShda kriptovalyutalarga qarshi davom etayotgan keskin tartibga solish choralariga bog‘liq deb izohlandi.