#CEXvsDEX101
Kripto olamida Markazlashtirilgan Birja (CEX) va Markazlashmagan Birja (DEX) o‘rtasidan birini tanlash katta qaror hisoblanadi. Binance kabi CEX’lar foydalanuvchilar uchun qulay, likvidligi yuqori va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi, shuning uchun ular ayniqsa endi boshlayotganlar uchun mos. Biroq ulardan foydalanish uchun KYC’ni yakunlash kerak va ular sizning shaxsiy kalitlaringizni (private keys) o‘zida saqlaydi.
Uniswap kabi DEX’lar esa ko‘proq maxfiylikni taklif qiladi hamda mablag‘laringizni bevosita o‘zingiz nazorat qilish imkonini beradi. Ular yangi tokenlarga kirishni ta’minlaydi va ruxsatsiz ishlaydi (permissionless). Ammo DEX’lar yangi foydalanuvchilar uchun murakkaliroq bo‘lishi mumkin va likvidlik kamroq bo‘lishi ehtimoli bor. Tanlovingiz nimani birinchi o‘ringa qo‘yishingizga bog‘liq: qulaylik va likvidlikmi yoki maxfiylik va self-custody (o‘z mablag‘ingizni o‘zingiz saqlash)mi. Ko‘plab treyderlar har ikkalasidan ham foydalanib, ikkisining eng yaxshi tomonlarini olishga harakat qiladi.