Men Goldman Sachs’da 8 yil ishladim, keyin Uber’ga o‘tib u yerda 7 yil ishladim.

Texnologiya sohasiga kelganimda anglagan eng katta haqiqatlardan biri shuki, odamlar pulga qattiq berilib ketishmagan ekan.

Gap pul haqida emas, ko‘proq kontrast haqida edi. Goldman’da pul haqida faqat pul haqida gapirishardi. Pul — mahsulot edi. Mijozlar esa asosan pul topish bilan bog‘liq edi. Boshqa hech narsa yo‘q edi.

Moliya bo‘yicha do‘stlarim bilan uchrashib, gaplashishga qaytganimda, ularning bilmoqchi bo‘lgani faqat men qancha pul topayotganim va Uber’da qancha ulush (equity)im borligi edi.

G‘alati. Uber’da esa bunday emasdi. Odamlar aslida pul haqida gaplashishmasdi. Ular mahsulot, biznes, mijozlar, strategiya haqida gapirishardi.

Kriptoda esa ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Raqamlar dopamin “hits”lari uchun juda yaxshi. Lekin pul, pul, pul girdobidan tashqarida sizga yo‘l ko‘rsatadigan va motivatsiya beradigan narsalarni topish hamisha muhim.