CORE
Joriy narx: $2.98
Core’ni nimasi o‘ziga xos qiladi?
CORE — Web3 dizaynida inqilob qilishni maqsad qilgan yangi blokcheyn. U ish bajarilganini isbotlash (PoW) va delegatsiyalangan ulush isboti (DPoS) mexanizmlarini birlashtirish orqali masshtablanuvchanlik, xavfsizlik va mustaqillikni ta’minlashga intiladi.
Core’ning asosiy maqsadi — blokcheyn trilemmasini hal qilish. Bu tushunchaga ko‘ra, markazlashmaganlik, xavfsizlik va masshtablanuvchanlikni bitta blokcheynda bir vaqtning o‘zida ta’minlab bo‘lmaydi.) Nazariy jihatdan, blokcheyn yaratishda har bir dasturchi ushbu uch xususiyatdan biridan voz kechishi kerak. Masalan, Bitcoin xavfsiz va markazlashmagan, ammo u juda ham masshtablanuvchan emas.
Bu muammoni hal qilishga urinib, Core tarmog‘i Satoshi Plus konsensusidan foydalanadi. Uning noyob konsensus mexanizmi Core’ga bir vaqtning o‘zida bir nechta turli blokcheyn mexanizmlaridan foydalanish imkonini beradi. U PoW modeli bilan Bitcoin hisoblash quvvatidan foydalanib, markazsizlashtirishga erishadi. Shu bilan birga, DPoS tizimi masshtablanuvchanlikni ta’minlaydi, butun tarmoqning konsensus mexanizmi esa blokcheynning optimal xavfsizligini saqlashga yordam beradi.
Core blokcheyn tizimi juda foydali bo‘ladigan turli tarkibiy qismlarga ega: yuqorida aytib o‘tganim Satoshi Plus konsensusi va EVM bilan moslik. Core tarmog‘i foydalanuvchilari asosiy EVM bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin. Foydalanuvchilar Core blokcheynidan arzonligi, tezligi va moslashuvchanligi uchun foydalanishlari, so‘ngra DApp’larini ommaga yanada qulay qilish maqsadida ayni funksiyalarni EVM’da ishga tushirishlari mumkin.
CORE’ning boshqa muhim tarkibiy qismlari: DAO boshqaruvi, steyking, 0x bilan integratsiya va senzурага chidamlilik (ya’ni platformani bir nechta odamning nazoratga olishi deyarli imkonsiz).
Xo‘sh, nega CORE?
Solana’ni o‘rgansangiz, u Core bilan bir xil natijalarga erishishga uringanini, ammo masalaga boshqa nuqtayi nazardan yondashganini sezasiz. Markazsizlashtirishni ma’lum darajada saqlagan holda masshtablanuvchanlikni oshirish uchun Solana blokcheynini boshqarishda tarix isboti (PoH) va shardingdan foydalandi. Solana eng yaxshi masshtablanuvchi tarmoqlardan biri, biroq unda xavfsizlik bilan bog‘liq ancha muammolar bor. Tarmoq bir necha bor qayta ishga tushirilgan va bloklar ishlab chiqarilishi to‘xtab qolgan, shu sababli ayrimlar bu tizimdan foydalanishga ikkilanadi. Solana’dan xavfsizroq bo‘lishi bilan birga, Core arzonroq hamdir.
Xulosa qilib aytganda, Core’ning noyob Satoshi Plus konsensus mexanizmi PoW va DPoS mexanizmlarini yagona, barqaror blokcheynga birlashtiradi. Bu xavfsizlik, markazsizlashtirish va masshtablanuvchanlikni misli ko‘rilmagan darajada uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Core’ning bozor kapitallashuvi 168 million dollar, umumiy taklifi esa 2,1 milliard tokenni tashkil etadi. Solana’ning bozor kapitallashuvi 9 milliard dollar, taklifi esa 541 million token.
CORE tokenlari taklifi katta, ammo yaqin bir necha yil ichida uning bozor kapitallashuvi 10 milliard dollarga yetishiga umid qilaman.