💡Metamask yordamida Ethereum’dan Injective’ga qanday o‘tishni o‘rganing.

Ushbu maqola Metamask hamyoningiz orqali Ethereum’dan Injective’ga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Qo‘llanmada jarayon USDT misolida tushuntiriladi, ammo o‘zingiz xohlagan istalgan ERC20 aktivini ko‘prik orqali o‘tkazishingiz mumkin!

Metamask orqali Ethereum’dan Injective’ga o‘tish bo‘yicha qo‘llanma

Ushbu bosqichma-bosqich qo‘llanmada Ethereum’dan Injective’ga o‘tish tartibi bayon etilgan. Qo‘llanmani kuzatib borish uchun quyidagilarga ega ekaningizga ishonch hosil qiling:

  • Injective hamyoni

  • Metamask hamyoni

  • Metamask hamyoningizdagi Ethereum (ETH) va USDT tokenlari

    QO‘LLANMA

  1. https://hub.injective.network/ saytiga o‘ting

  2. “Connect” tugmasini bosing

  3. “Metamask” yoki boshqa Ethereum hamyonini bosing

  4. “Bridge” tugmasini bosing

  5. Ethereum’dan Injective’ga aktivlarni ko‘prik orqali o‘tkazayotganingizni tasdiqlang

  6. Ko‘prik orqali o‘tkaziladigan token sifatida “USDT”ni tanlang

  7. Ko‘prik orqali o‘tkazmoqchi bo‘lgan miqdorni kiriting

  8. Injective’ga aktivlarni ilk bor ko‘prik orqali o‘tkazish uchun Ethereum hamyoningiz orqali ruxsat berib, sarflash limitini belgilashingiz kerak. Buning uchun tarmoqqa tokenning smart-kontraktidan foydalanishga ruxsat beriladi.

  9. MetaMask’ni bosganingizda, kerakli maxsus sarflash limitini kiritishingiz mumkin bo‘lgan maydonli oyna ochiladi.

  10. Ethereum’dan tokenlarni ko‘prik orqali o‘tkazish uchun ETH’da oz miqdorda gaz to‘lovi talab qilinadi (xotirjam bo‘ling, Injective’da gaz to‘lovi yo‘q!). “Approve” tugmasini bosing. Sarflash limitini belgilaganingizdan so‘ng, aktivlaringizni Injective’ga o‘tkazishingiz mumkin.

  11. “Transfer Now” tugmasini bosing

  12. “Confirm” tugmasini bosing

  13. Tranzaksiyani MetaMask orqali tasdiqlang

  14. Shundan so‘ng, o‘tkazma jarayoni boshlanganini bildiruvchi tasdiqlash xabarnomasini olasiz.

  15. Ko‘prik orqali o‘tkazilgan aktivlarni ko‘rish uchun “Wallet” tugmasini bosing

Ushbu maqola faqat ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan va moliyaviy yoki investitsiyaviy maslahat hisoblanmaydi. Taqdim etilgan ma’lumotlar chop etilgan vaqtda aniq bo‘lishi ko‘zda tutilgan, biroq vaqt o‘tishi bilan dolzarbligini yo‘qotishi mumkin.