- Spot savdosi ta’rifi

Spot savdosi — aktivlarni darhol sotib olish va sotishni o‘z ichiga oladigan kripto savdosi. Bu savdo turi oson bo‘lgani uchun odatda yangi boshlovchilar tomonidan qo‘llaniladi. Spot savdosi strategiyasi juda sodda: arzon narxda sotib oling va qimmat narxda soting.

- Fyuchers savdosi ta’rifi / fyucherslar

Fyuchers savdosi yoki fyuchers shartnomalari savdosi aktivlardan bevosita foydalanmasdan amalga oshiriladi. Aslida, fyuchers savdosi — muayyan kriptovalyuta qiymatini ifodalovchi «shartnomalarni» sotib olish yoki sotishdir.

Kripto derivativlari bozorida treyderlar kriptoaktivlarning kelajakdagi narxi haqida taxmin qilishadi. Agar narx ko‘tariladi deb taxmin qilishsa, ular sotishadi (Long), pasayadi deb taxmin qilishsa esa sotib olishadi (Short). Fyuchers savdosida marja va kredit yelkasi kapital hamda foydani oshirish vositalari sifatida ma’lum.