2024-yil taqvimga kirishi bilan kripto hamjamiyati Zksync, Starknet va Layer Zero kabi ilg‘or loyihalardan bo‘lishi mumkin bo‘lgan airdroplar haqida katta qiziqish va hayajon bilan kutmoqda. Bu innovatsion platformalar faqat texnologik imkoniyatlarni kengaytirayotgani yo‘q; ular kripto ekotizimiga yangi nafas olib kirishga, ishtirok etish va sarmoya kiritish uchun yangi yo‘laklar ochishga tayyor.

2024-YILDAGI ENG KUTILGAN AIRDROP'LAR

1. Base: Coinbase tomonidan inkubatsiya qilingan Ethereum L2 yechimi, Base masshtablilik va ommaboplik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kripto olamiga keyingi bir milliard foydalanuvchini olib kirishni ko‘zlaydi. U Optimism bilan hamkorlikda OP Stack asosida qurilgan. Base markazsizlashtirishga yaqinlashar ekan, erta foydalanuvchilar airdroplardan foyda ko‘rish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.

2. EigenLayer: Ethereum uchun noyob protokol bo‘lib, “restaking” (qayta garovga qo‘yish) imkonini kiritadi. EigenLayer kripto-iqtisodiy xavfsizlikni yanada ko‘proq dasturlarga kengaytirishga xizmat qiladi. Restakingda faol ishtirok etayotgan foydalanuvchilar kelajakdagi airdrop’larda mukofotlanishi mumkin.

3. Linea: 2-toifa zkEVM turi bo‘lib, Linea Ethereum muhitini takrorlaydi va Ethereum xavfsizligini yo‘qotmagan holda tranzaksiya xarajatlarini pasaytirishni va’da qiladi. Platforma rivojlanib borar ekan, dastlabki foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar rag‘batlantirish olishi mumkin.

4. Shardeum: Shardeum dinamik holat fragmentatsiyasi (dynamic state sharding) orqali EVM-ga asoslangan L1’da chiziqli skalabellikni taqdim etadi, bunda past to‘lovlar va yuqori o‘tkazuvchanlik saqlanadi. Shardeum tarmog‘ida faol ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar airdrop’lar orqali e’tirof etilishi mumkin.

5. Zetachain: omnichain smart-kontraktlar va xabar almashishga e’tibor qaratgan Zetachain zanjirlararo o‘zaro ta’sirni inqilob qilishni maqsad qiladi. Zetachain “ZETA” tokenlarini ishga tushirishini aytib o‘tgan, testnet foydalanuvchilari esa airdrop’larda qatnashish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

6. Scroll: EVM-ga ekvivalent ZK-rollup bo‘lib, Scroll EVM’ni samarali bajarish uchun zkEVM’dan foydalanadi va Ethereum ekotizimini yaxshilashni maqsad qiladi. Dastlabki foydalanuvchilar va faol userlar kelajakdagi mukofotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Ushbu yangiliklardan xabardor bo‘lish juda muhim. Siz tajribali investor bo‘lasizmi yoki endigina boshlagan bo‘lsangiz ham, ushbu airdrop’larning ta’siri va salohiyatini tushunish strategiyalaringiz hamda qarorlaringizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Airdrops va Retrodrops loyihaning jamoasini rag‘batlantirish uchun ajoyib usul va ehtimol, yaqinlashib kelayotgan relizlarini kutishda odamlarni qiziqtirib turadigan isbotlangan marketing strategiyasi hamdir.

Airdrops va Retrodrops o‘rtasidagi farqni bilib olish uchun, yaqinlashib kelayotgan postimizni kuzatib boring!