Kriptovalyutaga sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan investor o‘z portfeli uchun ishonib, sotib oladigan mos kriptovalyutani tanlashda juda ko‘p imkoniyatlarga ega.
Ammo eng muhimi — diversifikatsiyalangan portfelga sarmoya kiritish. Buning bir qancha sabablari bor, ulardan biri investitsiyalaringizni xavfsiz saqlashdir.
INVESTITSIYALARINGIZNI XAVFSIZ SAQLANG — Turli toifalardagi kriptovalyutalarga sarmoya kiritish noto‘g‘ri kriptovalyutani tanlash xavfini kamaytiradi. Agar kriptovalyutaning biror toifasi navbatdagi buqa bozorida jadal o‘smagan taqdirda ham, aynan shu toifaga sarmoya kiritgan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda o‘sayotgan boshqa toifadagi kriptovalyutalaringiz bo‘ladi. Shuningdek, kriptovalyutalardan biriga biror narsa bo‘lib, uning qiymati keskin tushib ketsa, boshqa kriptovalyutalaringiz o‘sha zararlaringizni qoplaydi.
KO‘PROQ FOYDA — Diversifikatsiyalangan portfel sizni xavfsizroq qiladi va bozordagi turli kripto toifalaridan qo‘shimcha foyda olishda ham muhim ahamiyatga ega.
KAMROQ CHALKASHLIK — Diversifikatsiyalangan portfelga sarmoya kiritish foydalanuvchiga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan bir nechta kriptovalyutani sotib olish imkonini beradi. Shunda u investitsiyalarini doim o‘zgartirib, chalkashlik tug‘dirmaydi.
Uzoq muddat saqlash va kripto bozorida xavfsizroq bo‘lish uchun diversifikatsiyalangan investitsiya faqat bitta kriptovalyuta yoki toifaga sarmoya kiritishdan ko‘ra ancha ma’qul.
Xaridlaringiz omadli bo‘lsin!!!