🇧🇷 Braziliya Worldcoin’ga biometrik ma’lumotlarni yig‘ishni taqiqladi.
📈 Braziliya Worldcoin’ga (WLD) biometrik ma’lumotlar evaziga kriptovalyuta yoki moliyaviy rag‘batlar taklif qilishni taqiqlashga qaror qildi. Milliy ma’lumotlarni himoya qilish organi (ANPD) bu chorani 25-yanvar kuni, 2024-yil noyabrida boshlangan keng qamrovli tekshiruvdan so‘ng joriy etdi.
⚠️ OpenAI bosh direktori Sem Altman hammuassislik qilgan Worldcoin raqamli identifikatsiyalar yaratish uchun ko‘z qorachig‘ini skanerlash texnologiyasidan foydalanadi. Platforma foydalanuvchilarni “Orb” deb nomlanuvchi qurilma orqali qatnashgani uchun kriptovalyuta bilan taqdirlaydi. Biroq ANPD bu rag‘batlar rozilikning ixtiyoriyligiga putur yetkazishi mumkin, degan xulosaga keldi. Bu esa Braziliyaning ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga zid bo‘lishi mumkin.