Kripto bozoriga qiziqadigan yoki kriptovalyuta bozoriga ma’lum miqdorda sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan har bir kishida doimo bitta savol bo‘ladi: "Kripto bozoriga kirish uchun ayni vaqtmi?"
Bu savolning javobi biroz murakkab, ammo shu bilan birga oddiy ham. Bitcoinning o‘tmishdagi natijalariga nazar tashlasak, u ilk bor bizga taqdim etilganida: "Nega kriptovalyuta bozoriga sarmoya kiritishimiz kerak?" deb so‘rardik. Keyinroq, 2017–2018-yillarda bozor avjiga chiqqanida, foyda ko‘rganlarning barchasi bu haqda ijtimoiy tarmoq guruhlarida jar solishdi va ko‘pchilik ulardan: "Hali ham kripto bozoriga kira olamizmi?" deb so‘rash uchun ortidan ergashdi. Bozor pasaydi va 2021-yil boshigacha deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Odamlarda esa yana o‘sha savol tug‘ildi: "Kripto bozoriga sarmoya kiritish uchun ayni vaqtmi?"
Mantiqan o‘ylab qaraganda, istalgan kriptovalyuta yoki altkoinlarga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsangiz, mashaqqat bilan topgan pulingizni tikishdan oldin o‘zingiz mustaqil ravishda o‘rganib chiqing. Shuningdek, investitsiyalaringizni uzoq muddat saqlab tura olish qobiliyatingizni ham hisobga oling. Qisqa muddatda katta foyda kutayotgan bo‘lsangiz, kripto bozori siz uchun emas. Aslida, Bitcoin narxining dastlabki keskin ko‘tarilishi uning ilk ishga tushirilganidan ko‘p yillar o‘tib yuz bergan. Shu bois, har qanday sarmoyangizni uzoq muddat ushlab turishingiz kerak bo‘ladi.
Kriptovalyuta bozoriga sarmoya kiritayotganda yana bir muhim jihat — investitsiyalaringizni doimo diversifikatsiya qilishdir. Barcha pulingizni bitta joyga tikmang. Atigi bir yoki ikkita kriptovalyutani tanlagandan ko‘ra, diversifikatsiyalangan portfelga ega bo‘lish har doim yaxshiroq. Shuningdek, bir martada xarid qilmang, aksincha, kripto bozoriga muntazam ravishda sarmoya kiriting. Shunda kriptovalyutani xarid qilganingizdan so‘ng bozor tushib ketsa ham, DCA strategiyasini qo‘llash uchun mablag‘ingiz qoladi.
Xulosa qilib aytganda, kriptovalyuta sotib olish uchun to‘g‘ri vaqt — sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan kriptovalyutangizni yaxshilab o‘rganganingiz, uni uzoq muddat saqlab tura olishingiz (HODL) va qisqa muddatda kripto bozorining ko‘tarilish-u tushishlariga bardosh bera olishingizdir.
Xaridingiz xayrli bo‘lsin!!!