
#bearorbull #crypto2023 #BNBbearorbull
Yaponiyadan tashqarida unchalik tanilmagan Polkadot (DOT) ekotizimidagi blokcheyn — Astar Network dunyodagi eng yirik xususiy korxonalardan biri: Toyota Motor Corporation e’tiborini tortdi.
25-fevralda boshlanadigan dasturchilar xakatoni Astar Network metavers muhitida bo‘lib o‘tadi. Toyota uning asosiy homiysi bo‘ladi va ishtirokchi jamoalarni baholaydigan hakamlardan biri sifatida qatnashadi.
Toyota homiyligining miqdori oshkor etilmadi, ammo Astar Foundation va Polkadotga yo‘naltirilgan Web3 Foundation mos ravishda 75 000 va 25 000 dollar ajratmoqda.
Yaponiyada muvaffaqiyat qozonish
Astar Network bosh operatsion direktori Shun Ishikava Blockworks nashriga Yaponiya bozori “o‘ziga xos”, bunga “til va madaniyatdagi tub farqlar” sabab ekanini aytdi.
“Yaponiya bozoriga kirish va u yerda biznes yuritish boshqa mamlakatlardagidan ancha farq qiladi”, dedi u.
Astar asoschisi Sota Vatanabe shu mamlakatdan, Ishikavaning aytishicha, jamoa Yaponiyaning yetakchi brendlari va siyosatchilari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu esa Astarning Yaponiya blokcheyn bozorida yetakchiga aylanishiga yordam bermoqda.
Japan Blockchain Association (JBA) tomonidan dekabrda o‘tkazilgan ilmiy asosga ega bo‘lmagan Twitter so‘rovida 332 respondentdan eng ko‘pi Polygon, Solana va Avalanche kabi muqobillar o‘rniga foydalanishni istagan blokcheyn sifatida Astarni tanladi.
JBA uni, shuningdek, 2022-yilning “eng yaxshi mahsuloti” deb tanladi. Vatanabe esa JBA tomonidan “yil odami” deb topildi.
U Forbes Japan jurnalining eng so‘nggi soni muqovasida paydo bo‘ldi va Twitter’da siyosiy aloqalarini muntazam ravishda ta’kidlab keladi.
#ayiqyokibuqa #kripto2023 #BNBayiqyokibuqa