Xitoylik kriptojurnalist va bloger Colin Wu Token Terminal tomonidan taqdim etilgan, turli blokcheyn platformalaridagi DAU — kunlik faol foydalanuvchilar — sonining o‘sishiga oid so‘nggi ma’lumotlarni ulashdi. Unga ko‘ra, Polygon Binance’dan keyin ikkinchi yirik platformaga aylandi.

Polygon Ethereum, Solana va Cardano’dan o‘zib ketdi. Token Terminal ma’lumotlariga ko‘ra, Polygon’dagi kunlik faol foydalanuvchilar soni ikkinchi yirik blokcheyn Ethereum’dagidan oshib ketdi. Polygon’da bu ko‘rsatkich 344 000 nafarni, Ethereum’da esa 324 000 nafarni tashkil etdi. Shunday qilib, Polygon DAU bo‘yicha ikkinchi yirik platformaga aylandi. Undan oldinda Binance Smart Chain (BSC), shuningdek BNB Chain nomi bilan ham tanilgan platforma turibdi — unda kuniga 781 000 nafar faol foydalanuvchi bor. Mashhur kripto YouTuber va treyder Lark Davis shu manbadan olingan, qo‘shimcha ma’lumotlar aks etgan skrinshotni ulashdi. Uning tasvirida Ethereum’dan keyin Solana kelishi ko‘rsatilgan: unda kuniga 135 000 nafar faol foydalanuvchi bor. Undan keyin Near protokoli turadi — unda har kuni 69 000 nafar faol foydalanuvchi bor.