✍️Bio Protocol(Bio) nima?
BIO Protocol — Decentralized Science (DeSci) loyihalari uchun mablag‘ jalb qilish va likvidlik ta’minlashga yordam beradigan launchpad platformasi. Uning maqsadi — tadqiqotchilar va hamjamiyatlarga biotibbiyot tadqiqotlari loyihalarini birgalikda yaratish, moliyalashtirish va ularga egalik qilish imkonini berish.
🤖BIO Protocol’ning asosiy mahsulotlari
BioDao Launchpad
BioDao — Bio Protocol tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biotibbiyot tashkilotlarining umumiy nomi. BioDao launchpad esa BIO hamjamiyatiga qaysi BioDAO platformada ishga tushirilishi va loyiha ishga tushganidan keyin moliyaviy yordam olishini hal qilish imkonini beradi. BioDAO Launchpad’da BioDao paydo bo‘lishining 3 ta asosiy bosqichi mavjud:
Saralash: Bu bosqich jamoaga loyihaning Bio orqali ishga tushirilishiga ruxsat berish yoki bermaslikni hal qilish imkonini beruvchi filtrga o‘xshaydi. Foydalanuvchilar o‘zlarining $BIO tokenlarini steyking qilish va istiqbolli loyihalarga ovoz berish uchun ishlatishlari mumkin. Buning evaziga ular $BIO tokenlarida mukofot hamda loyiha ma’qullangan taqdirda BioDao’ning mablag‘ jalb qilish bosqichida erta qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar
Tezlashtirish: Bu bosqichda loyiha BioDao tokenlarini sotish va jamoadan dastlabki mablag‘ni jalb qilish uchun Bonding Curve yoki Auction mexanizmini tanlashi mumkin
Ajralish: Bu loyihaning jamoadan maqsadli mablag‘ni muvaffaqiyatli jalb qilganidan keyingi so‘nggi bosqichidir. BioDao tokenlariga likvidlik qo‘shiladi va ular DEX birjalarida erkin savdo qilinadi
BioDao vositalari
Bio jismoniy shaxslar va tadqiqot jamoalariga huquqiy me’yorlar hamda Web3 muhitiga mos loyihalarni yaratish uchun zarur vositalarni taqdim etadi. Bu vositalar tadqiqotchilarga ilm-fanga e’tibor qaratish va loyiha likvidligi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga yordam beradi.
💵Binance Launchpool’dagi $BIO tokeni
$BIO tokeni Binance’da 3-yanvar kuni soat 17:00 da listing qilinadi:
Tiker: BIO Protocol (BIO)
Tarmoq: Ethereum
Umumiy taklif: 3,320,000,000 BIO
Launchpool mukofoti: 99,600,000 BIO (umumiy taklifning 3%)
Binance’da listing paytidagi muomaladagi taklif: 1,296,529,168 BIO (umumiy taklifning 39.05%)
Agar Binance hisobingiz bo‘lmasa, savdo komissiyasiga 20% chegirma olish uchun bu yerda hisob ochishingiz mumkin.
