Binance Feed’da haftalik yangilanish bo‘limini taqdim etamiz
Binance Feed’da yangi bo‘lim — kripto bozoridagi eng muhim voqealar va yangiliklar haqida haftalik hisobotni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Har dushanba e’lon qilinadigan ushbu hisobot eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turishingizga va DCA strategiyangizga e’tibor qaratishingizga yordam beradi.

Genesis va uning sho‘ba korxonalari Nyu-Yorkda 11-bob bo‘yicha bankrotlikdan himoya so‘rab ariza berdi. Bankrotlik to‘g‘risidagi arizada Genesis 100 mingdan ortiq kreditor, jumladan Gemini, Bybit’ning investitsiya bo‘limi Mirana, Decentraland va boshqa ko‘plab tashkilotlardan 3,5 milliard dollar yoki undan ko‘proq qarzdor ekani ko‘rsatilgan.

Moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida DCG Coindesk’ni sotmoqchi. Joriy bozor sharoiti sababli DCG aksiyadorlarga dividend to‘lashni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

AQSh rasmiylari xalqaro huquqni muhofaza qilish operatsiyasi doirasida Bitzlato kripto saytini musodara qildi. Birjaning asoschisi Bitzlato pul yuvishda gumonlanib, Mayamida hibsga olindi.

3AC asoschilari Zhu Su va Kyle Davis hamda CoinFlex asoschilari 25 million dollar miqdorida dastlabki sarmoya jalb qilgan holda GTX nomli yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Bankrot bo‘lgan kriptovalyuta birjasini boshqarishni o‘z zimmasiga olganidan keyingi ilk ommaviy intervyusida John J. Ray III faoliyatni qayta yo‘lga qo‘yishga qarshi emasligini aytdi. Uning aytishicha, u FTX’ni qayta ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun maxsus guruh tuzgan.

FTX bankrotligi bilan shug‘ullanuvchi advokatlar 1,7 milliard dollar naqd pul, 3,5 milliard dollar likvid kriptovalyuta va FTT tokenlari hamda 0,3 milliard dollar likvid qimmatli qog‘ozlarni qaytarib olishdi.

Coindesk hisobotiga ko‘ra, AQSh Kongressining 535 a’zosidan 196 nafari SBF va uning FTX’dagi jamoasidan siyosiy xayriya shaklida pul olgan. Kongress a’zolarining 37 foiziga FTX’dan xayriya kelib tushgan bo‘lib, ular AQShda kriptovalyutani tartibga solish masalalarini hal qiladi.

Rossiya va Eron xalqaro savdo bilan bog‘liq bitimlarda to‘lov vositasi sifatida foydalanish uchun oltin bilan ta’minlangan steyblkoin ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. National Australia Bank $ETH va $ALGO tarmoqlarida $AUDN nomli steyblkoin yaratmoqchi. U Avstraliya dollariga birga bir nisbatda bog‘langan bo‘ladi.

Yaponiya dunyo regulyatorlarini kripto birjalariga banklarga nisbatan qo‘llaydigan darajada qat’iy talablar qo‘yishga chaqirmoqda. Bu FTX qulaganidan so‘ng yanada qat’iy qoidalar joriy etish haqidagi chaqiriqlarga qo‘shiladi.

Kriptovalyuta haqida I.T. vaziri Shri Rajeev Chandrasekhar shunday dedi: «Bugungi kunda qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilsangiz, kriptovalyutani taqiqlovchi hech narsa yo‘q. Demak, kriptovalyutaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsangiz, RBI orqali ish tuting, LRS talablariga muvofiqligingizni tekshiring va qoidalarga binoan dollar oling».

Ushbu haftalik yangilanish bozor yangiliklaridan xabardor bo‘lishingizga yordam beradi va foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.
Ko‘proq yangilik va tahlillar uchun Binance Feed’da bizni kuzatib boring! Kelajakda sizga yanada foydali kontent taqdim etishni intiqlik bilan kutamiz.
Crypto India jamoasi