AQShda inflyatsiya tezlashdi. Bitkoin 100 000 dollarga qaytdi.
Noyabr yakunlariga ko‘ra, AQShda yillik inflyatsiya bir oy avvalgi 2,6% dan 2,7% gacha ko‘tarildi. Ko‘rsatkich bozorning 2,7% lik kutilmalariga mos keldi.
Oylik hisobda iste’mol narxlari indeksi oktabrdagi 0,2% ga nisbatan 0,3% ga oshdi. Konsensus prognozida 0,3% lik o‘sish kutilgan edi.
Oziq-ovqat va energiya narxlari hisobga olinmagan ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,3% ga, o‘tgan yilning noyabriga nisbatan esa 3,3% ga oshdi. Avvalgi hisobotda ko‘rsatkichlar mos ravishda 0,3% va 3,3% ni tashkil etgan edi. Tahlilchilar oktabrdagi sur’atlar saqlanib qolishini kutishgan.