
Cardano (birja belgisi — ADA) — proof of stake (PoS) konsensus mexanizmiga asoslangan markazlashmagan blokcheyn bo‘lib, proof of work (PoW) tarmoqlariga qaraganda samaraliroq muqobil sifatida yaratilgan.
Cardano kriptovalyutasi Augusta Ada King, Lovelace grafinyasi (1815–1852) sharafiga Ada deb nomlangan. U ko‘pincha birinchi kompyuter dasturchisi deb e’tirof etiladi. Ada blokcheynning PoS konsensus mexanizmida qo‘llanadi. Staking pulida qatnashuvchi foydalanuvchilarga blokcheyn uchun bajargan ishlari evaziga mukofot sifatida beriladi.
Ethereum asoschilaridan biri Charlz Xoskinson Cardano’ni ishlab chiqishni 2015-yilda boshlagan va platformani 2017-yilda ishga tushirgan.
Cardano o‘zini Ethereum’ga muqobil platforma sifatida namoyon qildi. Har ikki platforma aqlli shartnomalar kabi o‘xshash ilovalar uchun ishlatiladi va o‘zaro bog‘langan hamda markazlashmagan tizim yaratishni maqsad qiladi.
Cardano o‘zini Ethereum’ning yangilangan versiyasi deb hisoblaydi va Ethereum’ning «ikkinchi avlod» maqomiga qiyosan, o‘zini «uchinchi avlod» platformasi deb ataydi. Blokcheyn platformasi, shuningdek, dunyodagi bank xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan odamlarga bank xizmatlarini taqdim etishni maqsad qiladi.
ASOSIY XULOSALAR
Cardano — 2015-yilda Charlz Xoskinson tomonidan asos solingan blokcheyn platformasi. U 2017-yilda ishga tushirilgan.
Cardano ko‘p aktivli reyestr va tekshiriladigan aqlli shartnomalarga ega markazlashmagan ilovalarni (DApp) ishlab chiqish platformasi bo‘lishni maqsad qiladi.
Cardano Ouroboros proof-of-stake konsensus protokoli asosida ishlaydi.
Cardano’ning asosiy kriptovalyutasi «Ada» deb ataladi.
Cardano ustidan nazorat markazlashmagan bo‘lib, Cardano Foundation, IOHK va EMURGO o‘rtasida taqsimlangan.
#ayiqyokibuqa
#kripto