
Solana (SOL) — Tarixni isbotlash (PoH) va Ulush isboti (PoS) konsensusiga asoslangan, yuqori o‘tkazuvchanlikka ega kriptovalyuta. Tarmoq muhandislari jamoasi tomonidan yaratilgan Solana zamonaviy internet ilovalari uchun blokcheyn infratuzilmasiga aylanishni maqsad qilgan.
Solana ortida qanday asoschi jamoa turibdi?
Solana’ga Anatoliy Yakovenko boshchiligidagi 4 nafar hammuassis asos solgan.
Anatoliy Yakovenko 2017-yil noyabr oyida Tarixni isbotlash (Proof of History) konsepsiyasi haqida oq qog‘oz yozib, nashr etdi. Tarixni isbotlash — tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida vaqtni muvofiqlashtirish uchun joriy etilgan konsepsiya bo‘lib, tranzaksiyalar sonini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilgari Qualcomm’da Anatolyning hamkasbi bo‘lgan Greg Fitzgerald Rust dasturlash tilida Proof of History kod bazasini taklif qilish va yozish orqali loyihada ishtirok etdi.
Stephen Akridge va Raj Gokal ko‘p o‘tmay loyihaga qo‘shildi va to‘rtovlon birgalikda 2018-yilda Solana deb nomlangan yangi blokcheyn tarmog‘ini tashkil etdi.
Solanani nima o‘ziga xos qiladi?
Solana — Ethereum’ga o‘xshash, umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan blokcheyn. Uning texnik asoslari boshqacha: dasturchilar Solidity yoki Vyper o‘rniga Rust’dan foydalanib ilovalar yaratadi. Solana ekotizimidagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ilovalarga markazlashmagan moliya (DeFi), noyob tokenlar (NFT), savdo maydonchalari, o‘yinlar, elektron tijorat va boshqalar kiradi.
Uning eng katta afzalliklaridan biri — kengayuvchanligi: Solana soniyasiga 700 000 dan ortiq tranzaksiyani qayta ishlay oladi. Uning yuqori o‘tkazuvchanlik imkoniyati yuqori chastotali treyderlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu yo‘nalishga FTX va Alameda Research yetakchilik qilgan.
SOL valyutasi nima uchun ishlatiladi?
Solananing mahalliy valyutasi — SOL. Solana (SOL) tarmoqni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tranzaksiya to‘lovlari va steyking uchun ishlatiladi.
Solana 2022-yilda
Solana kriptovalyutasining narxi 2021-yilda keskin o‘sdi. Ko‘p zanjirli tizimlar paydo bo‘lishi hamda DeFi va NFT’larning ommalashuvi ortishi bilan Solana bozorning katta ulushini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Dasturchilar uning texnik asoslariga qiziqib, Star Atlas, Mercurial, Orca, Saber va boshqa dapp’larni yarata boshladi. Ko‘p o‘tmay, tarmoqqa likvidlik va faollikni jalb etish usuli sifatida Solana’da daromadli ferming ommalashdi. 2022-yilda Solana va uning dapp ekotizimi bozor ulushini egallay oladimi, buni vaqt ko‘rsatadi.
Solana muvaffaqiyat qozonib kelayotgan bo‘lsa-da, 2021-yil 15-sentabrda tarmoq 16 soatdan ortiq vaqt ishlamay qolib, ayrim qiyinchiliklarga duch keldi. Solana jamoasi va tugun operatorlari tarmoqni tiklash uchun uni qayta ishga tushirishni muvofiqlashtirdi. Shunga qaramay, hodisadan keyin Solana tangasining narxi 150 dollardan yuqori darajada barqaror qoldi.
#ayiqyokibuqa