
O‘qish vaqti: 2 daqiqa
MEME qisqartmasi bilan tanilgan Memecoin bozordagi yangi kriptovalyutalardan biri bo‘lib, ko‘plab investorlar e’tiborini tortdi va bir necha kun ichida ko‘plab birjalar ro‘yxatidan joy oldi.
Ethereum tarmog‘idagi ERC-20 tokeni bo‘lgan MemeCoin 9GAG tomonidan yaratilgan Web3 investitsiya studiyasi Memeland taqdim etgan ekotizimning mahalliy tokeni sifatida ishga tushirildi va tezda mashhurlikka erishdi.
Memecoin oq qog‘ozida hech qanday potensial foyda yoki daromad va’da qilinmaganiga qaramay, MEME so‘nggi kunlarda juda mashhur bo‘ldi va Binance birjasida ham ro‘yxatga kiritildi.
2023-yil mem-koinlar yili bo‘layotgan bir paytda, kripto ixlosmandlari yangi MEME mem-koini Dogecoin, Shiba Inu va Pepe kabi mashhur mem-koinlar izidan bora oladimi, deb so‘ramoqda.
Ayni paytda, turli platformalarda Memecoin airdropi ko‘lami hayratlanarli ekani haqida xabar berilmoqda: talabga javob beruvchi foydalanuvchilar taxminan 52,4 million dollar qiymatidagi 2,35 milliard MEME tokenini olishgan.
Raqamli valyuta 3-noyabr kuni Binance’da listing qilinganidan va dastlabki savdo soatlarida 2 500 foizdan ortiq o‘sishidan so‘ng kripto hamjamiyatida yanada ko‘proq taxminlarga sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, Binance foydalanuvchilar uchun boshqa jozibador takliflarni ham taqdim etdi. Binance bayonotiga ko‘ra, keyingi xabargacha birja MEME/FDUSD va MEME/TUSD savdo juftliklari uchun maker komissiyasini nolga tenglashtiradi.
Bundan tashqari, Binance Futures xizmati 50 baravargacha kredit yelkasiga ega USD-M MEME muddatsiz shartnomasini ham taqdim etdi. Binance’ning bu strategik qadami mem-koinlar bozorida o‘zaro aloqalar va faollikning oshishiga olib kelishi kutilmoqda.