Bitcoin $35 mingdan yuqoriga ko‘tarildi. Bozorda nima bo‘lyapti? 📈

Do‘stlar, BTC 1,5 yillik eng yuqori qiymatiga yetdi. Bozorda yo‘qotilgan foyda qo‘rquvi avj olmoqda, Bitcoin bo‘yicha so‘nggi prognozlar esa umidbaxsh. Masalan:

• Robert Kiyosaki — $135 000 gacha o‘sishini bashorat qilmoqda
• Arthur Hayes — 2026-yilgacha $1 million bo‘lishini kutmoqda.
• Standard Chartered — 2024-yil oxirigacha $100 000 bo‘lishini prognoz qilmoqda.

📊 Bitcoin nega umuman o‘smoqda? Asosan, bitcoin-ETF’lar tez orada tasdiqlanishi haqidagi mish-mishlar uning narxini yuqoriga tortmoqda. Bu fondlarni tashkil etish uchun arizalarni dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalari topshirgan. Masalan, $10 trillionlik aktivlarni boshqaradigan BlackRock. Umuman olganda, kripto olamida spot Bitcoin ETF’ini juda kutishyapti: u bozordagi likvidlik, ishonch va foydalanish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.

Biroq hozircha bularning hech biri yo‘q. SEC (AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi) hozircha bu arizalarni rad etmoqda. Unda nega narx o‘smoqda?

⚫️Ehtimol, bozor ETF’lar yaqin orada tasdiqlanishini sezayotgandir. Masalan, avvalgi kuni BlackRock o‘zining spot Bitcoin-ETF’ini DTCC’da, ya’ni depozitariyda ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu uni bozorga rasman chiqarishdan oldingi muhim qadam: taxminlarga ko‘ra, BlackRock Bitcoin jamg‘arishni boshlagan, ya’ni fondni ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Demak, Bitcoin yana mish-mishlar ortidan o‘smoqda. BlackRock esa hali hech narsani ishga tushirmagan bo‘lsa-da, odamlarga hozirdanoq pul ishlab olish imkonini bermoqda.

⚫️Shu bilan birga, Bitcoin’ning buqa sikli allaqachon boshlangan, spot Bitcoin-ETF esa o‘sishga qo‘shimcha turtki beradi, chunki u orqali kripto bozoriga ko‘proq pul kirib keladi.

🔤 Xo‘sh, nima qilamiz?

• Dunyo o‘zgarib borayotgan bir paytda, har qanday narxda Bitcoin jamg‘aramiz — HA!
• Hozir o‘sayotgani uchun sotib olamiz — YO‘Q.

Kripto olami SEC ustidan ketma-ket g‘alaba qozonayotgandek: Ripple, Grayscale. Biroq AQSh regulyatori ETF arizalarini rad etishda davom etishi mumkin.

❔ Bunday kuchli o‘sishdan keyin narx $30 mingga qaytishini kutyapsizmi?

#BTC #etf #trading $BTC