Bitcoin tarmog'idagi tranzaksiya to'lovlari $37 dan oshdi. Mempool ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi minimal tranzaksiya to'lovi 600 sat/vB dan yuqori, bu esa taxminan $37 degani. Tranzaksiya to'lovlarining oshishi 347 000 dan ortiq tranzaksiyaning rad etilishiga olib keldi.

BTC tarmog'idagi tranzaksiya to'lovlari bo'yicha oxirgi 6 oy ma'lumotlarini o'z ichiga olgan diagramma.

Bundan tashqari, mempool sig'imi nafaqat 300 MB dan oshib ketdi, balki 1,41 GB gacha yetdi. Tiqilishga sabab bo'lgan Ordinals tokenlari kechagi kunda atigi bir kun ichida tranzaksiya to'lovlari sifatida 235,8 BTC to'lagan. Oxirgi marta shunday yuqori tranzaksiya to'lovi 9-may kuni qayd etilgan edi, o'shanda Ordinals tokenlari juda mashhur bo'lgan.

Ordinals konsepsiyasi yana ommalashib borayotgani sababli, barcha Bitkoin foydalanuvchilari uchun tranzaksiya to‘lovlari oshdi. Bitcoin Core ishlab chiquvchisi Luke Dashjr yaqinda bu masalani izohlab berdi. Dashjr Ordinals konsepsiyasining asosi bo‘lgan va blokcheinga matn, rasmlar va boshqalarni qo‘shishga imkon beradigan inskripsiya funksiyasi haqida quyidagilarni aytdi:

“Bitkoin Core’dagi zaiflikdan foydalanib, inskripsiyalar blokcheinni spam qilmoqda. 2013-yildan beri Bitcoin Core foydalanuvchilarga o‘zlari uzatadigan yoki qazib oladigan tranzaksiyalarda qo‘shimcha ma’lumot hajmiga limit o‘rnatishga ruxsat bergan. Inskripsiyalar bu limitni o‘z ma’lumotini dastur kodi sifatida niqoblash orqali yengib o‘tadi.”

Ba’zi $BTC ishlab chiquvchilarning fikricha, Inskripsiya konsepsiyasi tarmoqda xavfsizlik zaifligini keltirib chiqaradi.

#BTC #Ordinals #Incription