🎯 Ushbu tadbir haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsa 😉👇:

📝 Bitcoin Halvingi nima?

Bitcoin Halvingi — Bitcoin tranzaksiyalarini qazib olish (mining) uchun beriladigan mukofot 2 baravarga kamaytiriladigan hodisadir. Demak, Halvings yangi tangalar yaratilish tezligini pasaytiradi va shu orqali yangi taklif miqdorini ham kamaytiradi. Hozirgacha 3 ta Halving bo‘lgan: 2012, 2016 va 2020-yillarda, ya’ni bu to‘rtinchisi $BTC halving bo‘ladi.

Keyingi Bitcoin Halvingi 2024-yil aprel oyining o‘rtalari — oxirlari atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda, ya’ni hozirgidan deyarli bir yil o‘tib. Shunda blok mukofoti 6,25 Bitcoindan 3,125 Bitcoinaga tushadi.

Bitcoin ta’minotiga ta’siri: Blok mukofotining bu kamayishi yangi bitkoinlarning chiqarilish tezligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Konchilar uchun yangi bitkoinlarni ishlab chiqarish tobora qiyin va qimmat bo‘lib boradi, bu Bitcoin’ning noyobligi (scarcity) g‘oyasiga hissa qo‘shadi. Mukofotlar kamayishi bilan, talab va taklif tamoyillariga muvofiq, vaqt o‘tishi sayin Bitcoin yanada qimmatroq bo‘lishi kutiladi.

Narx ta’siri: Bitcoin halvinglari ko‘pincha Bitcoin narxining oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Garchi kafolatlar bo‘lmasa-da, har bir halvingdan keyingi oylar va yillarda Bitcoin narxlari ko‘tarilgani kuzatilgan. Bunga qisman yangi chiqariladigan bitkoinlar taklifining kamayishi ularning qiymatini oshiradi, degan tasavvur sabab bo‘ladi.

👉 Jonli hisoblash veb-saytda mavjud:

🌐 www.nicehash.com/countdown