Markazlashmagan avtonom tashkilot (DAO) nima?

Dunyodagi tanimagan odamlar guruhi bilan kelishib, bir xil maqsad va vazifa uchun jamoa bo‘lib ishlashni, markaziy yetakchisiz ishlashni tasavvur qiling. Siz o‘zingizning qoidalarni belgilashingiz va qarorlaringizni mustaqil ravishda qabul qilishingiz mumkin. Barchasi Blockchain texnologiyasi deb ataladigan noyob texnologiyada kodlangan; zo‘r-a?

Xo‘sh, DAO’lar (Markazlashmagan avtonom tashkilotlar) bularning barchasini amalga oshirishga imkon beryapti.

Wikipedia’ga ko‘ra, DAO — bu blokcheynda shaffof kompyuter dasturi sifatida kodlangan qoidalar to‘plami bilan taqdim etilgan tashkilot bo‘lib, u tashkilot a’zolari tomonidan boshqariladi va markaziy hukumat ta’sirida bo‘lmaydi. Qoidalar kodga o‘rnatilganligi sababli menejerlar kerak emas.

DAOl ar qanday ishlaydi

Har qanday tashkilot DAO sifatida ishlashi va dasturiy ta’minot yordamida to‘liq virtual holatga o‘tishi mumkin. Umuman olganda, DAO faoliyat yuritishi uchun uchta muhim komponent talab qilinadi.

Smart-kontakt yaratish

Avvaliga, dasturchilar va jamoa a’zolarining asosiy guruhi smart-kontaktlar orqali qoidalar to‘plamini belgilaydi. Keyin smart-kontakt blokcheynda joylashtiriladi. Ushbu shartnomalar DAO qanday ishlashi lozim bo‘lgan asosiy doirani yaratadi. Muayyan mezonlar bajarilganda, ular o‘z-o‘zidan (self-execute) ishlaydi.

Moliyalashtirish

DAO qandaydir ichki mulkka ega bo‘lishi kerak, masalan, tashkilot tomonidan sarflanishi mumkin bo‘lgan yoki undagi ayrim muayyan xatti-harakatlarni mukofotlash uchun ishlatiladigan tokenlar.

Bundan tashqari, DAOga sarmoya kiritish orqali foydalanuvchilar ovoz berish huquqlariga ega bo‘lishadi va shu sababli uning qanday ishlashiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu tokenlarni sotib olganlar pul evaziga ovoz berish huquqlariga ega bo‘lishadi. Ovoz berish huquqi darajasi farq qiladi; u odatda token egalik miqdoriga mutanosib bo‘ladi. Masalan, 60 ta DAO tokeniga ega foydalanuvchi 20 ta tokenga ega foydalanuvchiga nisbatan uch baravar ko‘p ovoz berish kuchiga ega bo‘ladi.

Joylashtirish

Bundan keyin markaziy hokimiyat, hatto smart-kontaktni yozganlar ham, DAO qoidalariga aralasha olmaydi yoki ularni o‘zgartira olmaydi.

Aksincha, token egalari jamoasi DAOning kelajagini belgilaydi. Bunga konsensusga erishish uchun jamoaviy ovoz berish orqali erishiladi.

Masalan, jamoa a’zolari mablag‘lar qanday sarflanishi eng foydali yo‘l bilan hal qilinishini belgilash uchun taklifga ovoz berishlari mumkin.

DAO to‘liq ishlayotganida, uning mablag‘larini qanday sarflash haqidagi qarorlar konsensus orqali qabul qilinadi. DAO manfaatdor tomonlari tashkilot kelajagi bo‘yicha takliflar berishlari mumkin. Tarmoq takliflar bilan to‘lib ketmasligi uchun pul depoziti talab qilinishi mumkin.

Taklif manfaatdor tomonlar (stakeholders) tomonidan ovozga qo‘yiladi. Har qanday harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligi rozilik berishi kerak. Kodeks kelishuvga erishish uchun nechta manfaatdor tomon talab qilinishini belgilaydi. Bunga quyidagilar kiradi:

· Bosh direktorni (CEO) ishdan bo‘shatish yoki shunchaki CEO’ni o‘zgartirish;

· Advokat yollash;

· Kimdirga maosh yoki bonus sifatida ma’lum miqdorda pul to‘lash.

DAOning afzalliklari

Avtonom tuzilma

DAOning avtonom tuzilmalari tashkilotning har bir a’zosi mustaqil ekanini ta’minlaydi. Biroq zamonaviy tashkilotlar va korporatsiyalar o‘zlarining tepadan pastga (top-down) tuzilmasi sababli katta boshqaruv muammolariga duch kelishadi.

Betaraflik

DAOlarda hokimiyat o‘yinlari yoki ziddiyatlar bo‘lmaydi, chunki tizimni sezilarli darajada vakolat bilan boshqaradigan vositachilar yoki menejerlar mavjud emas. DAOlarda hammasi tizimni avtonom tarzda ishlatib turadigan smart-kontaktlarga bog‘liq.

Javobgarlik

DAOlarda eng ko‘zga ko‘ringan xususiyatlardan biri oshkoralik bo‘lib, u barcha tashkilot a’zolaridan javobgarlikni talab qiladi. Har bir DAO a’zosi yangi taklifni baholash uchun o‘z resurslarining bir qismini ajratishga majbur bo‘ladi. Natijada a’zolar tashkilot kelajagi uchun to‘g‘ri yo‘nalishni belgilash maqsadida takliflarni takomillashtirib borishlari kerak.

DAOning kamchiliklari

Ovoz berish kuchining jamlanishi

DAOlarda markazlashtirilmagan boshqaruv (DAO) DAO tokenlariga egalik qilishga juda bog‘liq. DAOlar oson kirish mumkin bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ozchilik investorlar katta miqdorda DAO tokenlarini to‘plab olishi mumkin. Natijada, ularda qancha boshqaruv (governance) tokenlari bo‘lsa, shunga mos ravishda yuqoriroq ovoz berish kuchiga ega bo‘lishadi.

Regulyator oqibatlari

Markazlashtirilmagan avtonom tashkilotlar (DAO) soliq va boshqaruv uchun DAOga tegishli aniq qoidalar va me’yorlar yo‘qligi sababli tartibga solish bo‘yicha jiddiy muammolarga aylanishi mumkin. Markazlashtirilmagan avtonom tashkilotlar uchun har qanday qoidalar va me’yorlarni joriy qilish juda qiyin.

Kodning zaifligi

Smart-kontakt kodiga bog‘liqlik. Ko‘pgina DAOlarda smart-kontakt kodi hamma narsani o‘zi hal qiladi degan g‘oya ustun. DAOlarda ishonchsiz (trustless) muhitlar yaqqol taqdim etilgan, ammo ular smart-kontakt kodining haqiqiyligi va to‘g‘riligiga bog‘liq edi. Shuni ta’kidlash kerakki, barcha kod zaif bo‘lishi mumkin va DAOlarda zaif kodni joylashtirish (deploy) ehtimoli bor. Bu loyihaning kelajakdagi o‘sishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yetakchi markazlashtirilmagan avtonom tashkilotlar

Uniswap: Uniswap eng yirik va eng mashhur DAOlardan biri bo‘lib, Ethereum blokcheyni asosida qurilgan kriptovalyuta birjasi sifatida ishlaydi.

The DAO: Bu katta muvaffaqiyat hikoyasi bo‘lmadi — The DAO krowdfunding (jamg‘arma yig‘ish) uchun venchur kapitalga yo‘naltirilgan markazlashtirilmagan moliyaviy (de-fi) tarmoq yaratishga uringan ilk loyihalardan biri edi.

Decentraland: Bu DAO tomonidan boshqariladigan onlayn virtual dunyo bo‘lib, unda manfaatdor tomonlarning ma’muriy va boshqaruv qarorlari demokratik tarzda qabul qilinadi.