Prada Time capsule NFT kolleksiyasining 2023-yil 5-yanvarda chiqariladigan yangi qo‘shimchasini e’lon qildi. Seriyaning sakkizinchi qismi bo‘lgan Time capsule ko‘ylagida italiyalik fotograf Enzo Ragazzini tomonidan 1969-yilda yaratilgan naqshlar bo‘ladi.