Ethereum blokcheynida yaratilgan 0x — kriptovalyutalarni tengdoshlararo to‘siqsiz ayirboshlash imkonini beruvchi ochiq kodli protokol. Jamoa Ethereum tarmog‘i aktivlarning barcha turlarini tokenlashtirish uchun ishlatiladigan kelajakni tasavvur qiladi.
Masalan, uy sotayotganda advokatlar va eskrou agentlari ishtirokidagi uzoq jarayondan o‘tish o‘rniga, 0x protokoli mulkni tokenlashtirish va aqlli kontrakt orqali xaridorga egalik huquqini o‘tkazish uchun ishlatiladigan keng qamrovli yechimni taqdim etadi. Bu qimmat vositachilarga ehtiyojni yo‘qotish bilan birga, butun jarayonni tezlashtiradi va shu tariqa ko‘chmas mulkni likvid aktivga aylantiradi.
0x Launch Kit yordamida istalgan kishi 0x asosida o‘z markazlashmagan birjasini (DEX) yaratishi va xizmatlari uchun haq olishi mumkin. 0x protokoli — birjalar uchun standart xabar formati bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab banklar fiat valyuta o‘tkazmalari haqida ma’lumot almashish uchun foydalanadigan standart xabar almashish tizimi SWIFT’ga o‘xshaydi.
Tarmoq bo‘ylab likvidlikni birlashtiradigan va mijozlarga aktivlarni har doim yuqoriroq narxlarda almashtirish imkonini beradigan 0x API (ilova dasturlash interfeysi) ham chiqarildi.