#P2P bitimlar xavfsizligi:

1. Kontragentni tekshiring ✅ (reyting, bitimlar soni). Ko‘rsatkichlar qanchalik yuqori bo‘lsa — shunchalik xavfsiz.

2. Har qanday muloqot va kelishuvlar — faqat bitim chatida 🔒 (yozishmalar saqlanishi kerak).

3. Bitimlar faqat Binance P2P platformasida 🛡 (birja faqat o‘z platformasida qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlikni ta’minlaydi).

4. To‘lov ma’lumotlarini tekshiring 🔍 ⚠ — firibgarlar osonlikcha chek va pul o‘tkazilgani haqidagi SMS’ni soxtalashtiradi. Mablag‘ kelib tushganini qo‘shimcha tekshirishga vaqtni tejamang.

5. Hech qanday shaxsiy ma’lumot yo‘q ⛔ (telefon, email, manzil, telegram va h.k.) — bitim uchun bu kerak emas.

6. Hissiyotga berilmang ☯ Agar suhbatdosh «achinishga bosim» qilsa, bitimni shoshiltirsa yoki tajovuzkor bo‘lsa — bu firibgarlik belgisi. Tinch turing.

7. Juda foydali takliflardan qoching 🪤 — hech kim o‘ziga zarar qilib savdo qilmaydi.

8. Firibgarlarni jazolang 👮‍♂ Agar shubhali faoliyat yoki ochiq firibgarlikka duch kelsangiz — qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering. Bu platformani yanada toza va xavfsiz qilishga yordam beradi. #binance #p2p #staysafe